D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə120/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   163
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Totum
Tibbiyotda qo‘llanilishi: Oltin tomir ildizidan suyuq ekstrakti toliqqanda stimullovchi vosita sifatida ishlatiladi; asteniyaga moyil insonlarga tavsiya etiladi (ayniqsa, yuqori aqliy mehnat talab qilinadigan ishlarda);somatik va yuqumli kasalliklardan so„ng astenik holatli bemorlar uchun; asab tizimining funksional kasalliklarida - nevrozlarning turli shakllari, vegetativ-qon tomir distoniyasi, gipotenziyada qo„llaniladi.
Oltin tomir ekstraktidan yuqori asabiy qo„zg„aluvchanlikning aniq asoratlari kuchayganda, bezgak holatlarida, gipertonik inqirozda
qo„llash mumkin emas. Ekstraktdan foydalanganda nojo„ya ta’sirlar kam holatlarda uchraydi.
Totum - Rhus coriaria L.
(Сумах дубильный)
O‘simlik tavsifi:
Totum- Anacardiaceae
oilasiga kiruvchi buta yoki uncha katta bo„lmagan kam shoxlangan daraxt. Bo„yi 1 m dan 3 m gacha. Daraxt va katta butalar po„stlog„i jigarrangsimon, siyrak
tuklangan. Bir yillik
poyalarning po„stlog„i
qo„ng„irrang, dag„al tukli, ko„p yillik tanalari va novdalari to„q qo„ng„irrang bo„ladi. Barglari ketma-ket, toq patsimon, 4-8 juft mayda qarama-qarshi bargchalardan iborat, dag„al tukli, ustki qismi to„q yashil, ostki qismi deyarli kulrang, uzunligi 15-20 sm, eni 1,5-3 sm, cho„zinchoq tuxumsimon, keng ponasimon asosi va yuqori qismi o„tkirlashgan, yon qirralari yirik burishgan-arrasimon. Gullari bir jinsli, mayda, yashil-oq, ko„zga tashlanmaydigan, katta konussimon yuqorigi va kichikroq mayda qo„ltiqdan chiqqan changchi va urug„chi ro„vak to„pgullaridan iborat. Changchi ro„vaklari oralari kengaygan, uzunligi 25 sm, urug„chi to„pgullari zichroq, uzunligi 15 sm. Kosachabarglari yumaloq tuxumsimon, yashil, tojibarglari tuxumsimom cho„zilgan, oqish rangda. Mevasi mayda sharsimon yoki buyraksimon, bir urug„li qizil danak. Iyun-iyul oylarida gullaydi, ba’zan kuzda ikkilamchi gullashi kuzatiladi. Birinchi mevalar iyulda, sentyabr-oktyabr oylarida to„liq pishadi. Totum barglari dorivor xom ashyo hisooblanadi. Ulardan tanalbin preparati tarkibiga kiruvchi tibbiyot tanini olinadi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin