D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə123/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   163
Kimyoviy tarkibi: Turli hududlardan yig„ilgan itburun mevalarida biologik faol moddalarning tarkibi bir xil emas. Uning etli mevalari (ho„l massaga nisbatan %): namlik 47,63; eriydigan moddalar 24,57; erimaydigan moddalar 27,8; erkin kislotalar 1,31; taninlar va bo„yoqlar 0,57; pektin 2,74; pentozanlar 2,18; urug„larning tarkibida 9,27% yog„li moy mavjud.
Tibbiyotda qo‘llanilishi: Itburun mevalaridan asosan xolosas ishlab chiqarishda foydaniladi (mevaning quyultirilgan suvli ekstrakti
bilan shakar siropi). Xolasas dorisi jigar kasalliklari - xoletsistit va gepatit buyuriladi. Mevalaridan karotolin ham olinadi (meva etining moyli ekstrakti), uni trofik yaralar, ekzema, eritrodermit va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Itburun mevasining moyi so„rg„ichlar yorilganda, yotoq yaralari, dermatozlar, boldirning trofik yaralarida tashqi tomonga surtiladi, shuningdek, yarali kolitda klizma qilib qo„llaniladi.
Na’matak - Rosa webbiana Wall. ex Royle
Шиповник Уэбба
O'simlik tavsifi: Na’matak bu Rosaceae oilasiga kiruvchi, bo„yi 2-3 m bo„lgan, bir qancha yo„g„on, tik tiruvchi poyalari va tarvaqaylagan novdalariga ega kuchli rivojlangan buta. Qari novdalar po„stlog„i kulrang qo„ng„ir yoki jigarrang, ba’zi joylarda archilgan kulrang pardali; yosh novdalari yashilroq yoki yashil- jigarrang. Asosiy novdalarida
tikanlari ko„p, deyarli bir xil, baquvvat, yirik, uzunligi 10-13 mm, uchi to„mtoqlashgan, yon tomonga chiqib turgan, biroz ichgichka uchburchaksimon, asosiga qarab yostiqsimon kengayib boradi. Yosh novdalarning tikanlari yuqorida aytilganidek, ammo kichikroq o„lchamli, uzunligi 4-9 mm. Yosh novdalarda barglar oralari ochiq joylashgan.
Bargchalari 5-9 ta, zich, biroz terisimon, ustki qismi xira yashil, ostki tomoni kulrang, tuxumsimon, cho„zinchoq-tuxumsimon yoki deyarli yumaloq, ikki tomonlama uzunligi 10-30 mm, eni 8-20 mm, aksariyat pastki qismida ingichka tuklangan yoki silliq, chetlari arrasimon-tishchali, har ikki tomonida 9-15 ta oddiy o„tkir tishchalari mavjud. Barg bandi ma’lum darajada zich tuklangan, ba’zan silliq. Yon barglari keng qanotsimon, uzunligi 1 sm, quloqchaga o„xshab chiqib turgan, tashqi tomondan tuklangan, cheti bezli tukchalar bilan qoplangan.
Gullari dag„al gul bandida 1-(2-3) joylashgan bo„lib, qalinligi 1-1,5 mm va uzunligi 10-25-(30) mm. Gulyon barglari terisimon, tuxumsimon yoki cho„zinchoq tuxumsimon, ikki yon tomoni silliq, tashqi tomondan kamroq mayda bezli tukchalir bor, uzunligi 10-15 mm, uzoq vaqt saqlanib turadi. Kosachabarglari uzunligi 10-25-(30) mm, uchburchaksimon, uzun uchli, yuqorigi qismi ozroq qoshiqsimon, ikki tomondan,
ayniqsa ichki qismi tuklangan, mevasi
etilganda to„kilmaydi,
yuqoriga chiqib turgan. Gultojibarglari oq yoki pushti rangda (5)-8-9 sm. Gipantiy to„q qizil, etli, cho„zinchoq-tuxumsimon, butilkasimon, uzunligi
taxminan 2-3 sm, bezli dag„al tuklar bilan qoplangan yoki tuksiz, silliq yoki mayin tukli. Iyun-avgust oyida gullab, yetiladi.

mevalari iyul-sentyabrda mevalari pishib
O‘sish joyi va tarqalishi: Toshkent, Farg„ona, Samarqand, Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlarida tog„ qiyaliklarining o„rta va yuqori mintaqalarida uchraydi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin