D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə125/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   163
Ro'yan - Rubia tinctorum L.
(Марена красильная)
O‘simlik tavsifi:
Rubiaceae oilasiga mansub ko„p yillik o„t o„simlik, balandligi 2 m gacha. Asosiy ildizi kuchli rivojlangan. Undan qalin
o„rmalab o„suvchi ildizpoyalar tarqaladi. Ildizlar va ildizpoyalar qizg„ish jigarrang qatlam bo„lib ko„chadigan po„stloq bilan qoplangan. Poyasi ingichka, chirmashib o„suvchi, kuchli shoxlangan, to„rt qirrali, tikanli dag„alsimon. Barglari och yashil rangli, teskari tuxumsimon, zich, ostki qismi dag„al tikanli, qarama-qarshi, uzunligi 9 sm gacha, eni 3 sm gacha, 4-6 dan halqalarda to„plangan. Gullari mayda, sarg„ish-yashil, diametri 1,5 sm gacha, poyalar va novdalar uchlarida kam gulli yarim soyabonlarda to„plangan. Mevasi uzunligi 5 mm gacha bo„lgan suvli qora danak, uning sharbati deyarli o„chmaydigan to„q qizil dog„larni qoldiradi. Urug„lari va vegetativ ravishda ko„payadi. Iyun oyida gullaydi, mevalari iyul-avgust oylarida yetiladi.
O‘sish joyi va
tarqalishi: U ariqlar
bo„yida, dalalarda, bog„larda o„sadi va tog„larning o„rta mintaqalarida toshli
to„kilmalarda uchraydi.
O„zbekiston hududida u Toshkent, Samarqand,
Farg„ona, Andijon va
Surxondaryo viloyatlarida o„sadi. Umumiy tarqalishi.
Markaziy Osiyo, MDHning Yevropa qismi, Kichik Osiyo, Eron, Afg„oniston.
Xom ashyoni yig‘ish va uning sifati: Tibbiy maqsadlarda ro„yan ildizi va ildizpoyalaridan foydalaniladi. Xom ashyo erta bahorda, martdan aprel oyining birmchi yarmigacha yoki vegetatsiya oxirida - avgust oyining boshidan to sovuqgacha yig„ib olinadi. Ular belkurak bilan qazib olinadi, tuproqdan tozalanadi, o„simlikning er usti qismi kesib tashlanadi. Keyin yuvilmagan ildizlar va ildizpoyalar quritish uchun qo„yiladi. Soyada ayvon ostida yoki quritgichda 45°C da quritiladi. Xom ashyoning yaroqlilik muddati 2 yil. Tabiiy zis o„sish maydonlarining kamayib ketmasligi uchun ulardan har 3 yilda bir marta xom ashyo yig„ish tavsiya etiladi. Bog„larda va uzumzorlarda ro„yandan hosilni yig„ish har yili qator oralari birinchi marta shudgorlanganda (fevral - aprel oyining boshlarida, shuningdek, noyabrda) amalga oshirilishi kerak.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin