D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi


Dori shakllari, qabul qilish usuli va dozalari



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə127/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   163
Dori shakllari, qabul qilish usuli va dozalari: Quruq ro„yan ekstrakti (Extractum Rubiae tinctoriaesiccum) 0,25 g tabletkalarda mavjud. Kuniga 3 marta 2-3 tabletkadan ichiladi. Tabletkalar oldin 1/2 stakan iliq suvda eritiladi. Davolash kursi 20-30 kun. Agar kerak bo„lsa, davolanish kursi 4-6 haftadan so„ng takrorlanadi. Ro„yan ekstrakti glomerulonefrit, buyrak yetishmovchiligi va oshqozon yarasida mumkin emas. Sistenal - 0,01 g ro„yyan nastoykasi, magniy salitsilat 0,15 g, efir moylari 6,15 g, etil spirti 0,8 g, 10 g gacha zaytun moyi damlamasini o„z ichiga olgan murakkab preparat. 3-4 tomchi shakarga tomizilib, ovqatdan 30 daqiqa oldin; sanchiqlarda bir marta 20 tomchidan ichiladi. Sanchiqlar tez-tez qaytalanib turuvchi bemorlarga kuniga 3 marta 10 tomchidan buyuriladi. Preparatni qabul qilish bilan bog„liq me’da qaynashi ro„y bersa ovqat bilan yoki ovqatdan keyin ichiladi. 10 ml shisha idishlarda chiqariladi. Sistenal glomerulonefrit, buyrak yetishmovchiligi va oshqozon yarasida mumkin emas. Ro„yan ildizi va ildizpoyalarning damlamasi (bolgarcha retsepti): 1 choy qoshiq maydalangan xom ashyoga 200 ml sovuq suv quyiladi, 8 soat davomida damlanadi, so„ng ekstrakt suzgichdan o„tkaziladi va xom ashyoga yana 200 ml qaynoq suv quyiladi va 15 daqiqadan so„ng yana suzgichdan o„tkaziladi. Ikkala damlama aralashtiriladi va kun davomida bir necha dozada ichiladi. Ro„yan ildizi va ildizpoyalarning kukuni: kuniga 3 mahal 1 g dan ozroq suv bilan ichiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlar: o„simlik preparatlarining haddan tashqari dozasi og„riq va surunkali yallig„lanish kasalliklarini kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Boshqa sohalarda qo‘llash: O„tgan davrlarda ham qadimgi yunon, rimlik, misrlik va fors hunarmandlari ro„yan ildizini juda qadrlashgan. Undan turg„un qizil bo„yoq olingan. Qadimgi davrlarda ro„yan jo„n, ipak va paxta matolarini bo„yash uchun ishlatilgan yagona o„simlik bo„lgan. Ro„yan ildizi zamonaviy davrda yaxshi ma’lum bo„lgan. Unga ayniqsa to„qimachilikda qiziqish bildirishgan. Veterinariya tibbiyotida ekstrakti, quruq ekstrakti - siydik tosh kasallikda ishlatiladi. Ro„yan qadimgi zamonlardan beri jun va terini bo„yash uchun ishlatilgan. Hozirgi vaqtda u gilamchilikda ishlatiladi. Undan olingan bo„yoqlarning rangi pushti rangdan binafsha ranggacha. Qoramol uchun ozuqa (pichan ichida); ko„p miqdorda iste’mol qilinganda sigir suti qizarib ketadi. Asal beruvchi o„simlik. Bo„yoq ishlab chiqarish uchun G„arbiy Yevropaning ko„plab mamlakatlarida va Osiyodagi ba’zi mamlakatlarda yetishtiriladi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin