1-sonli ko’krak qafasi kasalliklariga yig’ma: gulxayri ildizlari va oqqaldirmoq barglari 2 qism, tog„rayxoni 1 qismdan olinadi. Damlamani 1 osh qoshiq yig„madan 200 ml suvda tayyorlanadi. Issiq holda kuniga 3-4 maxal 1/2 stakandan ichiladi. 2-sonli ko’krak qafasi kasalliklariga yig’ma:gulxayri ildizlari 1 qism, shirinmiya ildizlari 1 qism, andiz ildizlari 1 qismdan olinadi. 200 ml suvda yig„maning 2 choy qoshig„idan damlama tayyorlanadi. Har 3 soatda iliq holatda 1/2 stakandan ichiladi. Gul va barglarning qaynatmasini ayollar sochlari uchun ishlatadi, chunki bu qaynatma sochlarning o„sishini yaxshilaydi va mustaxkamlaydi. MA’LUMO Bodom - Prunus amygdalus Batsch (Миндаль обыкновенный) O'simlik tavsifi: Bodom Rosaceae oilasiga mansub 6-10 m balandlikdagi daraxt. Novdalari silliq qizil-jigarrang po„stlog„i bilan, eski shoxlarning po„stlog„i kulrang-qo„ng„irrang, deyarli qora rangga ega. Yonbargchalar bigizsimon, mayda, erta to’kiladigan. Barglari ketma-ket, qisqargan shoxlarda, tutam bo„lib joylashgan, bandli, uzunligi 4-6 sm, silliq, lansetsimon yoki cho „ zinchoq-ellipssimon. Barglardan oldin gullaydigan gullari yakka bo„lib, o„tgan yilgi novdalarda rivojlanadi; tojibarglari oq yoki och pushti rangga ega. Mevalari 3-3,5 sm uzunlikdagi, qiyshaygan yoki cho„zinchoq- tuxumsimon quruq danak. Bodom fevral-aprel oylarida gullaydi, mevalari iyul-avgust oylarida yetiladi. Tibbiy amaliyotda bodom yong„oqlari ishlatiladi. Emulsiya va bodom moyi shirin bodom urug„idan olinadi, achchiq bodom urug„i esa achchiq bodom suvini tayyorlash uchun ishlatiladi. O’sish joyi va tarqalishi:Respublikada yovvoyi holda o„sadigan bodomning bir necha turlari mavjud. Bir turi sanoat ahamiyatiga ega - oddiy bodom. Yovvoyi holda u G„arbiy Tiyon- Shonning katta maydonlarida o„sadi. Bodom qadimdan, asosan, O„rta Osiyo respublikalarida yetishtirilgan. Bodom issiqsevar, ammo erta gullaydigan turlari - 200C dan past sovuqqa va qobiq bilan o„ralgan kurtaklari - 32- 350C dan past haroratga ham chidamli. Ko„plab mevali ekinlar bilan taqqoslaganda, bodom yorug„likka talabchan, ammo tuproq tipi va uning unumdorligi nisbatan ahamiyatli emas. U shag„alli, loyli tuproqlarda, qoratuproqda, shuningdek, ma’lum darajada ohak bo„lgan tuproqlarda, lekin yer osti suvlari 2-3 m ga yaqin bo„lmagan va yaxshi drenajli joylarda yaxshi o„sadi va mevalaydi. Bodom tuproqni aeratsiyasiga juda talabchan. U g„ovak, quruq, yengil tuproqlarni afzal ko„radi. Uni tog„ qiyaliklarida ekish tavsiya qilinadi. Bodom daraxtining ikki - yeb bo„lmaydigan achchiq mevali va yeyish mumkin bo„lgan shirin mevali xillari ajratiladi. Achchiq bodom asosan unga shirin turini payvandlash va achchiq bodom yog„ini olish uchun ishlatiladi. Bodom asosan payvandlash yo„li bilan odatda kurtaklash orqali ko„paytiriladi. Buning uchun material noyabr-yanvar oylarida urug„larni stratifikatsiyasiz ekish orqali olinadi. Kuzda oktyabr oxiridan boshlab ko„chatlarni ekish tavsiya qilinadi.