Xom ashyoni yig‘ish: O„simlik yoz mavsumida yig„ib olinadi. O„simlikni yer usti qismi ketmon bilan chopib olinib, ildiz qismi yerda qoldiriladi. Quritish: Yupqa mato yoki qog„oz ustida yoyiladi. Quyoshda yoki quritgichda quritiladi. Kimyoviy tarkibi: Temirtikon tarkibida steroid glikozidlari (trillin, diossin, gratsillin, protodiossin, kikubasaponin), flavonoidlar, alkaloidlar va taninlar mavjud. O„simlikdan «Tribusponin» preparati tayyorlanadi. Saqlash:Xom ashyoning yaroqlilik muddati 5 yil. Farmakalogik xususiyatlari: Temirtikandan olingan suyuq va suv ekstraktlari o„t suyuqligi ajralishini ko„paytirib, oshqozon shirasining sekretsiyasini stimullaydi. Steroid glikozidlarning (saponinlar) yig„indisidan tashkil topgan tribusponinning farmakologik tadqiqotlari shuni ko„rsatadiki, preparat hayvonlarda xolestrin aterosklerozini rivojlanishini va kechishini sekinlashtiradi, qonda xolesterin miqdorini 24,9 % gacha pasaytiradi va letsitin/xolesterin nisbatini 1 dan 1,4% gacha oshiradi. Uzoq vaqt davomida tribusponin qabul qilgan tovushqonlarda aorta devorining lipid infiltratsiya darajasi nazoratga qaraganda ancha past bo„ladi. Steroid glikozidlarning antisklerotik ta’siri ularning plazmaning lipidlari bilan o„zoro ta’siri asosida izohlanadi. Qonda xolesterin miqdorining pasayish mexanizmida tribusponin o„t haydovchi va peristaltikasini stimullovchi ta’sir qiladi, bunda organizmdan xolestrinni chiqarishga yordam beradi. Temirtikon yurak-qon tomir tizimiga ta’sir qiladi: yurak qisqarishini sekinlashtiradi, miokardning qisqaruvchi qobiliyatini oshiradi, yurak diastolasini uzaytiradi, tomirlarda qon aylanishini yaxshilaydi, qon bosimini tushiradi, qon tomirlarini kengaytiradi. Tribusponin antikoaulyant xususiyatiga ega bo„lib, qon ivish vaqtini sekinlashtiradi va protrombin indeksini pasaytiradi. Preparat o„t suyuqligini ajralishini ko„paytiradi, ichak peristaltikasini tezlashtiradi, siydik haydovchi ta’sirga ega.