D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə147/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   163
Dorivor vositalar: Tribusponin preparati.
Qo‘llanishi: Tribusponin ateroskleroz, yurak ishemiyasi va gipertoniyada profilaktik va terapevtik maqsadlarda qo„llaniladi. Ko„proq shoxli arteriyalarining zararlanishi bilan bog„liq aterosklerozni davolashda bemorlarda xolesterin miqdori o„rtacha 25-30 % ga
pasaygan, qonda umumiy lipidlar, b-lipoproteidlar miqdori sezilarli darajada pasaygan va qon tizimidagi qon ivishi va ivishiga qarshi ko„rsatkichlari normallashgan. Klinik jihatdan ijobiy samarasi kuzatilgan: ko„krak qafasidagi og„riqlar kamroq va qisqaroq bo„lgan, bemorlar nitroglitserin tabletkalarini kamroq iste’mol qilishgan va EKG ko„rsatkichlari yaxshilangan. Aterosklerozli bemorlarda tribusponin bilan davolashda yuqori miqdorda b-lipoproteidlar bo„lganda eng samarali natija bergan. «Tribusponin» preparati ta’sirida aterosklerozli bemorlarning gipertoniya kasalligida uyquni normallashuvi qayd etilgan, bosh og„rig„i, quloq shang„illashi kamaygan yoki qolgan, qon bosimi pasaygan. Aterosklerozli bemorlarning qandli diabet kasalligida tribusponin shakar miqdorini pasaytiruvchi preparatlar bilan kompleks ravishda lipid va uglevod almashunivida ijobiy ta’sir ko„rsatgan. Tribusponin preparatlari qo„l-oyoqlar tomirlarining emiriluvchi aterosklerozida ham qo„llaniladi.
Oqqaldirmoq - Tussilago farfara L.
(Мать-и-мачеха обыкновенная)



gullashdan keyin paydo bo„ladi. yuraksimon, ko„ndalang o„lchamda

O‘simlik tavsifi:
Oqqaldirmoq Asteraceae
oilasiga mansub ko„p yillik o„t o„simlik. Ildizpoyasi uzun, yer bag„irlab o„suvchi. Gulpoyalari 10-25 sm balandlikda, qipiqli, yopishgan, tuxumsimon-lanset, ko„pincha qizg„ish barglar bilan qoplangan. Ildizbo„g„zi barglari Ular uzun bandli, yumaloq- diametri 10-25 sm, burchakli,





tishlari notekis, terisimon, avval ikkala tomonidan mayin tuklar bilan qoplangan, keyin yuqorida silliq, pastdan oq mayin tukli. Savatchalar yakka, 2-2,5 sm ko„ndalang o„lchamda, gullashdan keyin osilib turadi. Gullari oltin sariq rangda. Pistachalari 3,5-4 mm uzunlikda, oq tuklar bilan qoplangan. Aprel-may oylarida oqqaldirmoq gullaydi, may-iyun oylarida mevalaydi. Barglari dorivor xom ashyo sifatida ishlatiladi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin