D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi


Xom ashyoni yig‘ish va uning sifati



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə154/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   163
Xom ashyoni yig‘ish va uning sifati: Gazandao„t barglarini yig„ish deyarli hamma joyda amalga oshirilishi mumkin, faqatgina intensiv avtotransport qatnovi bo„lgan yo„llar yaqinidan xom ashyo yig„ilmaydi. Xom ashyoni yig„ish qo„l bilan amalga oshiriladi, buning uchun charm yoki brezent qo„lqoplar kiyiladi. Gazandao„t barglarini poyalar va novdalardan uzib olib yig„iladi. Gazandao„t tibbiy maqsadlarda o„stirilmaydi, lekin gazandao„tdan parrandachilik fermalari va xlorofill oladigan korxonalari yonida o„stirilmoqda. Gazandao„t ildiz bachkili o„simlik bo„lganligi uchun ildizpoyasi kesiklarga bo„linib yetishtiriladi. Buning uchun o„simlik erta bahorda qazib olinadi, ildizpoyalar kesiklarga bo„linadi. Har bir kesikda tiklanish kurtaklari va ildizlar tutami bo„lishi kerak. Qatorlar qilib ekiladi, 1 m qatorda 5 ta ildiz bachkilari ekiladi. Qator oraliqlari 50 sm gacha bo„lishi kerak. Gazandao„t tez o„sadi. Tibbiy maqsadlar uchun gullash davridagi o„simlikning barglari ishlatiladi. Barglar darhol quritish uchun yoyilishi kerak. Soyada, havo yaxshi aylanadigan xonalarda, javonlarda yoki quritgichlarda quritiladi. Barglar quritishdan oldin bir qatlam qilib yoyiladi. Tayyor xom ashyo rangini yo„qotmagan yashil barglardan iborat va undagi namlik miqdori 14% dan oshmasligi lozim. Xom ashyo tarkibida poyalar, to„pgullar qoldiqlari bo„lmasligi kerak; qo„ng„irrang yoki qoraygan barglarni olib tashlash kerak. Gazandao„t bargi qutilarda yoki idishlarda saqlanadi, u juda nozik va yumshoq idishlarda osongina parchalanadi. Quyoshda tez rangini yo„qotadi. Ayni paytda, O„zbekistonda 42 Uz-0167-2017 DF ma’lumotlariga ko„ra, gazandao„tning butun yer ustki qismlaridan foydalanishga ruxsat berilgan.
Kimyoviy tarkibi: Gazandao„t barglarida 269 mg% gacha C vitamini, karotin va boshqa karotinoidlar (50 mg% gacha), B va K guruh vitaminlari, chumoli, pantoten va boshqa organik kislotalar mavjud. Barglarda 5% gacha xlorofill, 2% dan ortiq taninlar, kamed, protoporfirin, koproporfirin, sitosterin, urtitsin glikozidi, temir, fitonsidlar, kversetin, kofe, kumarik, ferula kislotalari, atsetilxolin, gistamin va 5-gidroksitriptamin mavjud.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin