O‘sish joyi va tarqalishi: Sigirqo„yruq yo„llar bo„ylab, daryo qirg„oqlari bo„ylab, toshli erlarda, O„rta Osiyo tog„larining shag„al- toshli qiyaliklarida 2600 m balandlikgacha ko„tariladi.
kuchsiz,
ta’mi
shirin.
Yig„ilgan
xom
ashyoni
quritish
umumiy
qabul
qilingan
usullar
bo„yicha
amalga oshiriladi.
Kimyoviy
tarkibi:
changchili yorqin sariq rangli gultojibarglardan iborat. Hidi
Gullarda shilimshiq, shakar,
Xom ashyoni yig‘ish va uning sifati:Dorivor maqsadlarda gullashning boshlanishida yig„ilgan gullar ishlatiladi, barglari - gullash paytida, ildizlari - kuzda bir yoshli o„simliklardan yig„iladi. Gullari iliq qorong„i xonada quritiladi. Tayyor xom ashyo yashil kosachabarglarsiz glyukoza, saponinlar, efir moyi, kamed, bo„yovchi moddalar, kumarin, flavonoidlar mavjud. Alkaloidlar (anabazin va plantagonin), saponinlar, askorbin kislotasi topilgan.
Tibbiyotda qo‘llanilishi:Siydik haydovchi, yumshatuvchi, tutqanoqlarga qarshi, terlatuvchi, og„riq qoldiruvchi, yallig„lanishga qarshi, qon to„xtatuvchi va biriktiruvchi ta’sirga ega. Retseptlar: Sigirqo„yruq barglaridan tayyorlangan damlama sut bilan abssess, oshqozon yarasi, yiringli yaralar, bavosil va lishay uchun kompress shaklida qo„llaniladi. Urug„lardan tayyorlangan qaynatma qayt qilish vositasi sifatida ishlatiladi va ildizlarning qaynatmasi buyrak toshi va podagra kasalliklarida siydik haydovchi vosita sifatida och qoringa 125-225 ml dan ichiladi. O„simlikdan damlama tayyorlash: 1) 2 choy qoshiq quruq sigirqo„yruq gullari ustiga 200 ml qaynoq suv solib, 1 soat davomida tindiriladi, suzgichdan o„tkaziladi. Yo„tal, ko„kyo„tal, yuqori nafas yo„ llarining yallig„lanishi, xirillash, nafas qisilishi, yurak va ko„krak qafasidagi og„riqlar, asab tizimining buzilishi kasalliklarida, shuningdek, ich suruvchi, terlatuvchi, siydik haydovchi, qon to„xtatuvchi va og„riq qoldiruvchi vosita sifatida kuniga 4 marta 50 ml dan ichiladi. Bolalar uchun ikki baravarga me’yomi kamaytirish lozim; 2) 1 osh qoshiq sigirqo„yruq quruq gullari va barglari ustiga 200 ml qaynoq suv solinadi va iliq joyda 2 soat tindiriladi, suzgichdan o„tkaziladi. Yo„tal, nafas qisilishi, bronxit, yuqori nafas yo„llarining yallig„lanishi, jigar va taloq kasalliklarida kuniga 4 marta 50 ml dan ichiladi. Sigirqo„yruq o„simligining kukuni teridagi yoriqlar va bitmaydigan yaralar uchun tashqi tomondan qo„llaniladi.