D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə158/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163
An’anaviy tibbiyot retseptlari: Qo„ytikan tashqi tomondan, teri kasalliklari uchun: urug„lari kukun qilib maydalanadi, vazelin bilan 1/1 nisbatda aralashtiriladi. Tananing zararlangan joylari kuniga 2-3 marta surtiladi. Hiqildoq saratoni va tomoq sil kasalligida urug„larining bo„g„idan davolanish: 1/2 stakan urug„ni bo„sh qalay choynakka solinadi, jumragidan bo„g„ chiqishi bilan undan 3-5 daqiqa davomida nafas olinadi. Qo„ytikan urug„ining bo„g„idan nafas olib, 4 oy muddatgacha to„liq shifo topguniga qadar davom ettiriladi. Diareya, dizenteriya, siydik pufagi kasalliklari, xavfli o„smalar uchun: 1 osh qoshiq maydalangan urug„ga 1 stakan qaynoq suv solinadi, 10 daqiqa davomida past haroratda pishiriladi, 1 soatga damlanadi, suzgichdan o„tkaziladi. Kuniga 3 marta 1/3 stakan ichiladi. Oshqozon, o„pka, teri saratoni uchun: 1 choy qoshiq maydalangan xom ashyoga 1 stakan qaynoq suv solinadi, yopiq idishda 30 daqiqa davomida iliq joyda turadi, suzgichdan o„tkaziladi. Ovqatdan so„ng kuniga 1 stakandan iliq holda 3 marta ichiladi. Chipqon, qichima dermatozlar, ekzema, qo„tirda malham: 2 osh qoshiq o„ti va mevalari ustiga eritilgan hayvon yog„idan 1 stakan solinadi, doimiy aralashtirib, doimiy aralashtirib 10 daqiqa davomida past qaynatiladi, 2 soat davomida damlanib, suzgichdan o„tkaziladi. Zararlangan joylarga kuniga 2-3 marta moy suriladi. Malham muzlatgichda saqlanadi. Ekzema, lishay, zamburug„dan zararlanishi, dermatozlar uchun ho„llanmalar: 3-4 osh qoshiq o„t ustiga 0,5 litr qaynoq suv quyib, 15 daqiqa davomida qaynatiladi, 30 daqiqa davomida tindiriladi. Qaynatmada kichik doka namlanadi va 30-50 daqiqaga kuniga 1-3 marta jarohat yuzasiga qo„llaniladi. Bod (revmatizm) kasalligida: 1 osh qoshiq o„t ustiga 1 stakan qaynoq suv solinadi, 10 daqiqa davomida past olovda qaynatiladi yoki faqat 1 soat
davomida tindiriladi, suzgichdan o„tkaziladi. Kuniga 1 osh qoshiqdan 4­5 marta ichiladi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin