D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi


Xomashyoni yig‘ish va uning sifati



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə160/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163
Xomashyoni yig‘ish va uning sifati: Kiyiko„t odatda iyul boshida ommaviy gullash paytida yig„iladi. Xomashyo bu vaqtdan kechroq yig„ilganda, tarkibidagi efir moyi miqdori kamayadi, natijada xomashyoning sifati pasayadi. Kiyiko„tining xom ashyosini yig„ishda zich o„sish maydonlarining normal hayotiychanligini ta’minlash uchun mavjud generativ novdalarning % qismini kesib olish mumkin va o„sha zich o„sish maydonlari 3 yil davomida dam olgandan so„ng, qayta terishni amalga oshirish mumkin. Yig„ilgan o„tlari havo yaxshi aylanadigan chordoqlarda yoki ayvon ostida quritilib, qalinligi 5­7 sm bo„lgan qog„ozga yoki matoga yoyilib, vaqti-vaqti bilan aylantiriladi. Butun o„tlar sof og„irligi 5-15 kg bo„lgan, maydalangani esa - 10-30 kg og„irlikdagi qoplarga solinadi. Qadoqlashdan oldin xomashyoga qo„shimcha ishlov beriladi: ular maydalanadi va dag„al poyalardan elaklar yordamida tozalanadi. Quruq, havo yaxshi aylanadigan joylarda saqlanadi. Yaroqlilik muddati 2 yilgacha. FS 42 Uz-0334-2007 talablariga ko„ra, xom ashyoning namligi 12% dan oshmasligi kerak va undagi efir moyi absolyut quruq massasiga nisbatan 0,3% dan kam bo„lmasligi kerak. Xomashyo qisman maydalangan bargli va to„pguli poyaning yuqori qismlaridan iborat. Raqamli ko„rsatkichlar: namlik 12% dan, umumiy kul miqdori 7,9% dan, o„simlikning poya qismlari (asosiy poyasi va yon novdalari) 2% dan, teshiklari diametri 1 mm bo„lgan elakdan o„tuvchi maydalangan zarralar 33,7% dan oshmasligi kerak; organik aralashmalar (boshqa zaharli bo„lmagan o„simliklarning qismlari) 1% dan, mineral aralashmalar (tuproq, qum, toshchalar) 1% dan oshmasligi kerak. Mog„orlagan va chirigan o„simliklar, zaharli o„simliklar va ularning qismlari, shuningdek, begona doimiy hid bo„lmasligi kerak.
Kimyoviy tarkibi: Yer usti qismida 1,3% gacha efir moyi, organik kislotalar, C, E vitaminlari, A provitaminlari, flavonoidlar, antotsianlar, mineral tuzlar, mikroelementlar va boshqalar mavjud.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin