D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə161/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163
Tibbiyotda qo‘llanilishi: Kiyiko„tining o„ti ishtahani ochish, ovqat hazm qilishni yaxshilash, gipertoniya va siydik tosh kasalliklarini davolash uchun yaxshi vositadir. Shu maqsadda u choy va qaynatma shaklida iste’mol qilinadi.
Unabi - Ziziphus jujuba Mill.
(Зизифус настоящий)
O'simlik tavsifi:
Rhamnaceae oilasiga mansub
balandligi 10 metrgacha bo„lgan daraxt. Yosh novdalari tuklar bilan qoplangan, qari novdalari silliq. Barglari bandli, cho„zinchoq- tuxumsimon, yuqorida biroz
cho„zilgan, yonlari teng
bo„lmagan, uch tomirli, chetlari kugurali-tishsimon, ustki qismida silliq, ostki tomirlarda tuklangan, silliq; bandlari tuklangan, uzunligi 3­10 mm.
Gullari diametrida 3-4 mm. Gulbandlari 3-4 mm uzunlikda.
Gulyonbargchalar pardasimon, mayda. Kosachabarglari tuxumsimon, uchki qismi o„tkirlashgan, uzunligi 2 mm. Gultojibarglari kosachabarglardan kaltaroq, asosida toraygan. Danak meva, sharsimon yoki cho„zinchoq, qizg„ish-to„q sariq rangli. Iyul-sentyabr oylarida
gullaydi va mevalaydi.
O'sish joyi va tarqalishi: Tog„larning o„rta mintaqalarida quruq
qiyaliklarda uchraydi.
Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida uchraydi. Mevali daraxt sifatida u bog„larda va tomorqalarda yetishtiriladi.
Xom ashyoni yig'ish va uning sifati: Barglari va mevalari tibbiy maqsadlarda ishlatiladi. Xom ashyoni yig„ish paytida barglar yozning birinchi yarmida, mevalari pishishiga qarab yig„ib olinadi. Xom ashyoni havo aylanadigan ayvonlar ostida yoki maxsus moslashtirilgan quritgichlarda 40-50°C dan yuqori bo„lmagan haroratda quritiladi. Tayyor xom ashyoni ikki yilgacha saqlash mumkin.
Kimyoviy tarkibi: Mevalari askorbin kislota, oqsillar, shakar, kislotalar, sterollar, kumarinlar, flavonoidlar (kempferol, miritsetin), triterpenlar va triterpen glikozidlariga (oleanolik kislota, ursolik kislota, betulin, betulin kislotasi, unabi saponinlari: 1, 2, 3, yuyubozid B) izoxinolin alkaloidlari (stefarin, azimiloban) boy. Urug„lari tarkibida quyidagilar mavjud: yuyubozid A, yuyubozid B, aglikon yuyubozid- yuyubogenin spinozid; shakar (glyukoza, arabinoza, ramnoza, ksiloza va boshqalar). Barglarida hisni sezdirmaydigan modda bor, u chaynash paytida shirin va achchiq ta’mni idrok qilishni vaqtincha falaj qiladi va natijada shirin ta’mni sezish qobiliyati bir muncha vaqt yo„qoladi. Po„stlog„ida taninlar, rutin, saponinlar uchraydi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin