Farmakologik xususiyatlari va qo’llanilishi: Turli xil mualliflarning fikriga ko„ra, qariqiz o„simligi mikroblarga qarshi faollikka ega, bezgakka qarshi (isitma tushiruvchi) ta’sirga ega va shamollashda qo„llaniladi, oshqozon yarasi, jigar kasalliklarida, bavosil, siydik tosh kasalliklarida, bod kasalligida, ko„karishlar, yaralar, bosh og„rig„ida (peshonada kompress shaklida) mahalliy vosita sifatida ishlatiladi. Qariqiz preparatlarning antitoksik ta’siriga oid ma’lumotlar mavjud (hasharotlar va ilonlarning chaqishida, simob preparatlari bilan zaharlanish va boshqalar). O'simlik ildizidan olinadigan preparatlar:Ilmiy tibbiyotda o„simlik ildizlaridan olingan preparatlar siydik haydovchi vosita sifatida ishlatiladi. Ildizlarining bodom yoki zaytun moyidagi damlamasi qariqiz moyi deb ataladi va tashqi tomondan sochni mustahkamlash uchun ishlatiladi. Xalq tabobatida qariqiz ildizi bod va podagra kasalliklarida, siydik haydovchi va terlatuvchi vosita sifatida, shuningdek, tashqi tomondan teri kasalliklari - ekzema, husnbuzar va furunkulyozni davolashda uchun tavsiya etiladi. Qaynatma tayyorlash uchun 2 osh qoshiq maydalangan ildizi olinadi, bir stakan qaynoq suv quyiladi, past haroratda 30 daqiqa qaynatib olinadi, sovitib suzgichdan o„tkaziladi va kuniga 3-4 marta bir osh qoshiqdan ichiladi. Qabul qilinishi:Og„iz bo„shlig„i, tomoq, yuqori nafas yo„llari va oshqozon-ichak trakti shilliq qavatining yallig„lanishi uchun ishlatiladi. Shuningdek, qariqiz jinsiy organlar kasalliklari, jigar toshi, trofik yaralarni davolashda, tasmasimon chuvalchanglar bo„lganda ishlatiladi. Barg shirasidan teri saratonini davolashda ishlatiladi. Terming qichishi va soch to„kilishida, ildizlarining qaynatmasidan foydalaniladi. Oqqaldirmoq barglari bilan yangi qariqiz barglari birgalikda ko„krak qafasiga mastitda qo„yiladi. Sutda qaynatilgan barglari yaralar, abssess, chipqonda qo„llaniladi. Teri saratoni uchun to„pgul qaynatmasi, ildizlarining aroqdagi nastoykasi ishlatiladi. Ildizlarning damlamasi bavosil, teri sili, bo„g„im o„smalari, siydik- tanosil kasalliklari, so„gallar, bezgakda ishlatiladi. Qaynatmani tayyorlash uchun 20 g meva ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi, qaynatishgacha olib boriladi, soviguncha tindiriladi va kuniga 3-4 marta bir osh qoshiqdan ichiladi. Qariqiz ildizidan malham tayyorlash uchun ildiz qaynatmasining 1 qismi olinadi, yarmigacha quyuqlashtiriladi va hayvon yog„ining 1 qismi bilan aralashtiriladi. Qariqiz barglaridan malham tayyorlash uchun 20 g dan quritilgan qariqiz barglari, romashka gullari, Asarum europaeum ildizi, ivan-choy o„ti olinadi, 4 stakan qaynoq suv quyiladi, 15-20 daqiqa davomida qaynatib olinadi, suzgichdan o„tkaziladi va 1:1 nisbatda bir qoshiq sariyog„ va glitserin qo„shiladi. Qariqiz ildizining terlatuvchi ta’siri juda kuchli va shuning uchun u isitma tushiruvchi, bezgakga karshi vosita sifatida ishlatiladi. Xitoyda qariqiz ildizi va barglari jinsiy a’zolar shilliq qavatining yallig„lanishi, zaxmni davolashda, zaharlanishda, ilon va hasharotlar chaqqanda ishlatiladi. Damlamani tayyorlash uchun bir stakan qaynoq suvga bir osh qoshiq quruq qariqiz barglarini olib, damlanadi, suzgichdan o„tkaziladi va ovqatdan bir soat o„tgach 1 qoshiqdan ichiladi. Qariqiz yangi barglari kuyish, shilinish, kesilgan yaralar va yallig„langan teri joylariga qo„llaniladi. Malhamni tayyorlash uchun 75 g yangi maydalangan ildiz va 200 g kungaboqar yog„i olinadi. 15 daqiqa davomida past haroratda qaynatiladi. Koreyada qariqiz urug„idan foydalaniladi. Koreyalik tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, urug„larda 30% gacha yog„li moy, B guruhining vitaminlari mavjud. Urug„lar tomoq, tonzillit, pnevmoniya, skarlatina, qizamiq, shamollash, parotit, shish kabi kasalliklarda ishlatiladi. Kuniga 16 g ichish tavsiya etiladi. Urug„laming qaynatmasi boshqa o„simliklar bilan birga buyuriladi. Urug„lardan hapdorilar tayyorlanadi - teng nisbatda qariqiz va baqato„n urug„lari olinadi, ular kukun shaklida maydalanadi, asal qo„shiladi. Nefrit kasalligida kuniga uch marta 5 g dan ichiladi. Urug„ sharbati ishtahani ochish va umumiy zaiflikda ichiladi. Belorussiyada bavosil va buyrak kasalligi uchun ildizi suvda qaynatiladi. Sutdagi ildizning damlamasi diatezda ichish uchun buyuriladi. Qariqiz ildizi qirg„ichdan o„tkaziladi, cho„chqa yog„i bilan aralashtiriladi va boshidagi toshmada va ekzemada surtiladi. Yuqori haroratda bemorni ustini yangi qariqiz barglari bilan o„rab qo„yiladi.