D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi


Xom ashyolar yig'ish va uning sifati



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə21/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   163
Xom ashyolar yig'ish va uning sifati: O„simlik xom ashyosini gullash boshida iyun-avgust oylarida yig„ib olinadi, dag„al qismlarisiz o„simlik poyasining gullagan uchki qismi o„roq yoki pichoq bilan kesib olinadi. Gullashdan oldin may va iyun oylarining oxirlarida barglari yig„ib olinadi.
O„simlik o„ti va barglari havo yaxshi aylanadigan ayvon ostida yoki soyada ochiq havoda, qog„ozga yoki matoga ingichka qatlam qilib yoyilib, tez-tez aralashtirilib turiladi. Quruq xom ashyoning hosildorligi 24-25% ni tashkil qiladi. Ermonning xom ashyosi ikki xil bo„lishi mumkin: butun va kesilgan. Butun o„simlik o„ti bu uzunligi 25 sm dan oshmaydigan (poyaning dag„al qismlarisiz) gul poyalarning uchki qismidan iborat. Kesilgan o„ti o„lchami 0,5 dan 8 mm gacha bo„lgan har xil shakldagi gul savatlari, poya va barglarning bo„laklari bilan ifodalanadi. Kesilgan barglar o„lchamlari 1 dan 8 mm gacha bo„lgan har xil shakldagi barglarning bo„laklaridan iborat.
XI DF ga ko„ra, xom ashyo sifatining asosiy ko„rsatkichlari quyidagicha: namlik 13% dan; 10% li xlorid kislotasida erimaydigan umumiy kul 3% dan oshmasligi kerak; o„simlik o„tidan 70% li etanolda ajratiladigan ekstraktiv moddalari 20% va barglaridan 25% dan kam bo„lmasligi kerak. Aralashmalarning tarkibi: organik 2% dan, mineral 1,5% dan ko„p bo„lmasligi kerak. Zaharli o„simliklarning qismlari, kemiruvchilar va qushlarning axlati bo„lmasligi lozim. Butun xom ashyo toylarga va qoplarga qadoqlanadi. Toylarning vazni 50 kg dan oshmaydi, qoplarniki 25 kg dan oshmaydi. Ermon barglarining yig„ib olingan kundan boshlab yaroqlilik muddati 2 yil.
Kimyoviy tarkibi: Ermonning barglari va o„tlarida efir moyi mavjud (0,12 dan 2% gacha). Moyi tarkibiga quyidagilar kiradi: tuyil spirti, uglevodorodlar (tuyon, pinen, kadenin, fellandren, bizabolen, g- kariofillen, u-sepinen), monotsiklik katolaktonlar (ketopelanolid A, ketopelanolid V, oksipelanolid). Bundan tashqari, shuvoq tarkibida flavonoidlar, taninlar, lignanlar, organik kislotalar, karotin, askorbin kislotasi mavjud. Ermonning absintin va anabsintin achchiq laktonlari yallig„lanishga qarshi va mikroblarga qarshi xususiyatlarini belgilaydi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin