D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə25/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   163
O’sish joyi va tarqalishi: Oq qayin G„arbiy Tiyon-Shonning (Toshkent viloyati) tog„ vodiylari va yon bag„irlarida o„sadi.
Xom ashyoni
yig’ish va uning
sifati: Dorivor
maqsadlarda qayin barglari,
yosh barglari,
shira (ba’zan
po„stlog„i) olinadi. Shira erta bahorda shira
harakati boshlaganida yig„iladi (bahorgi «shira harakatlanishi»). Kurtaklari shishgan vaqtda, barglari hali yopishqoq bo„lganda yig„iladi (aprel - may oyining boshi). Kurtaklari va barglari ochiq havoda soyada quritiladi, qog„ozga yoki matoga yupqa qatlam qilib yoyiladi. Vaqti-vaqti bilan ularni aralashtirish kerak. Agar ob-havo sharoiti qulay bo„lmasa, normal havo aylanadigan xonada quritish kerak. Quritgichlarda ular 25-300C haroratda quritilishi mumkin. Quritilgan xom ashyo quruq xonada saqlanadi. Yaroqlilik muddati - 2 yil. Qayin kurtaklari dorixonalarda sotiladi. Qayin shirasini shahardan
chetki va avtomobil yo„llaridan uzoqda
bo„lgan joylardan yig„ib olinadi. Diametri kamida 20 sm bo„lgan
daraxtlardan shira olinadi. Yerdan 40-50 sm
balandlikda poyada 6-8 sm diametrli va 2,5-3 sm chuqurlikda teshik
ochiladi (janub tomondan bo„lishi ma’qulroq).
Teshikni yerga biroz burchak ostida ochish kerak, shunda shira osonroq oqib chiqadi. Teshikka plastik naycha kiritiladi. Shisha banka poyaga mahkam bog„lab qo„yilib, bankaning bo„yni naycha ostida 5-7 sm masofada joylashtiriladi. Sutka davomida bitta daraxtdan 2 litrgacha shira to„plash mumkin. Bitta daraxtdan bir kundan ortiq shira yig„ish mumkin emas, chunki bu daraxtga zarar yetkazishi mumkin. Shirani yig„gandan so„ng, naycha poyadan chiqariladi, teshik bog„ yelimi yoki plastilin bilan mahkam yopiladi. Yangi qayin shirasi muzlatgichda 3 kundan ortiq bo„lmagan muddatda saqlanishi mumkin. Uzoqroq saqlash uchun shirani muzlatib, konservatsiya qilish mumkin. Buning uchun shisha bankalar va metall qopqoqlar sterilizatsiya qilinadi, shira 800C ga qadar isitiladi (pasterizatsiya). Keyin shira bankalarga quyiladi va qopqoq bilan bekitiladi. Qayin po„stlog„idan quruq haydash orqali qayin qatroni olinadi va u ham dorivor maqsadlarda ham qo„llaniladi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin