D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə27/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   163
Retseptlar: Qayin barglarining damlamasi. 2 choy qoshiq quruq ezilgan barglarni ustiga bir stakan qaynoq suv quyib, 30 daqiqa davomida damlanadi, keyin suzgichdan o„tkaziladi. Sovutgandan so„ng, pichoq uchida iste’mol sodasi qo„shiladi, aralashtiriladi. Bir stakanning chorak qismi kuniga ovqatdan 20-30 daqiqa oldin 3-4 mahal ichiladi. Qayin barglari damlamasi qo„llaniladigan holatlar: Albuminuriya, Uraturiya, Xoletsistit va xoletsistoangioxolitning yengil shakli, Gipomenstrual sindromi, Klimakterik nevrozi. Shuningdek, u yurak kasalliklaridan kelib chiqqan shishishlar, oshqozon va o„n ikki barmoqli ichak yaralari, gastrit, kolit, ichak spazmlari, buyrak spazmlari, ateroskleroz, surunkali buyrak kasalliklari, siydik pufagi yallig„lanishi, buyrak tosh kasalligi, bosh og„rig„i va migren, gipo- va avitaminozlar, gripp, o„tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, sil kasalliklarida umumiy mustahkamlovchi vosita sifatida ishlatiladi.
Qayin kurtaklarini qaynatmasi. Bir osh qoshiq (tepasi to„ldirilmaydi) kurtaklarga bir stakan suvga solib, past olovda qaynatishga olib boriladi, qaynatgandan keyin 5 daqiqa qaynatilib, olovdan olinadi va sovutgandan keyin suzgichdan o„tkaziladi. 1 osh qoshiqdan bir kunda 3-
4 mahal ichiladi. Qayin kurtaklari tayyorlashdan surunkali ich ketish va dizenteriya kasalliklarida ancha foyda beradi. Qolgan hollarda barglarning damlamasi bilan bir xil ko„rsatmalar bo„yicha qo„llaniladi. Qayin kurtaklari damlamasi. Bir osh qoshiq (tepasi to„ldirilmaydi) kurtaklarni ustiga bir stakan qaynoq suv quyiladi, 20 daqiqa davomida bekitilgan idishda damlanadi va keyin suzgichdan o„tkaziladi. Iliq holda yarim stakanning uchdan birida ovqatdan 15 daqiqa oldin kuniga 2-3 marta ichiladi. Bu damlama o„t haydovchi va siydik haydovchi vosita tarzida mikozlarda, shuningdek, barglarning damlamasidagi
ko„rsatmalarda qabul qilinadi. Qayin kurtaklari nastoykasi. 90% yoki 70% spirtda 1:5 nisbatda tayyorlanadi. Ikki osh qoshiq (20 g) ezilgan qayin kurtaklari kichik shisha idishga solinadi, 200 ml spirt quyiladi va qopqoq bilan yopiladi. Qorong„i joyda 1 oy turish kerak, vaqti-vaqti bilan chayqatib turish kerak. Bir oydan keyin suzgichdan o„tkaziladi. Kuniga bir choy-osh qoshiqdan 3 mahal ovqatdan 20 daqiqa oldin ichiladi, (50 ml) xona haroratida qaynatilgan suvda suyultiriladi va o„t haydovchi (jigar, o„t pufagi va uning yo„llari kasalliklari uchun), siydik haydovchi (yurak kasalliklaridan kelib chiqqan) sifatida ishlatiladi. Boshqa ko„rsatmalar uchun - barglarning damlamasi kabi, 20-30 tomchi 1 osh qoshiq suvga ovqatdan 15-20 daqiqa oldin kuniga 3 mahal ichiladi. Tashqi tomondan qayin kurtaklari damlamasi revmatizm, artrit, miozit, chaqalar, yaxshi bitmaydigan yaralar, yotoq yaralar, yiringli yaralar, absesslarni kesgandan keyin surtma va kompresslar shaklida qo„llaniladi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin