D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi


Xom ashyoni yig’ish va uning sifati



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə29/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   163
Xom ashyoni yig’ish va uning sifati: Ittikanak gullashdan oldin va qisman gullash davrida bargli yuqori qismini kesib olib va katta barglarni yulib olib xom ashyosi yig„iladi. Kech hosil yig„ilganda faqat yon novdalar kesiladi, bunda qoraygan savatchalar olinmaydi. Xom ashyolar chordoqlarda yoki ayvonlar ostida quritilib, ularni mato yoki qog„ozga qalinligi 5-7 sm dan oshmaydigan qatlamda yoyiladi. Quritilgan xom ashyoda novdalar qayrilmasligi, balki sinishi kerak. Ittikanak issiqlik va namlikni yaxshi ko„radigan o„simlik. Sovuq yomg„irli bahorda u sekin o„sadi va yomon rivojlanadi. Ekin ekish uchun nam bo„lgan pastlik joylar ajratiladi. Eng yaxshi tuproqlar bu o„tloqli, lekin boshqa unumdor nam va muntazam sug„oriladigan tuproqlar ham yaraydi. Ittikanak xom ashyosini ommaviy g„unchalash bosqichida yig„ish boshlanib, ommaviy gullash davrida tugaydi. Ittikanakni o„roq-maydalagichlari yordamida o„riladi va maydalangan massa quritish joyida yetkazilib, 45-500C haroratda bug„ yoki olov yordamida quritish moslamalarida quritiladi. Quritilgandan so„ng foydalanish uchun yaroqsiz katta poyalari barglaridan ajratib olinadi. Ittikanakni tomorqada ham muvaffaqiyatli o„stirish mumkin. 1,5-2 kg o„simlik o„tini olish uchun sovuq to„shishidan 1-1,5 oy oldin quruq urug„lar 1,5-2 m2 maydonga ekiladi. Urug„lar 3-4 sm chuqurlikda jo„yaklarga ekiladi va 1-1,5 sm tuproq qoplanadi. Jo„yaklarning masofa oralig„i 30-45 sm bo„ladi. 1 m2 ga 1,5-2 gr urug„ sepiladi. Bahorda maysalar unib chiqqach, tuproqlar yumshatilib, begona o„tlardan tozalanib sug„oriladi. O„simlikning uchki qismi gullash davrida kesib olinadi. Urug„ olish uchun 2-3 dona o„simlik qoldiriladi. Maysalar
chordoqlarda yoki ayvonlarga quritiladi. Quruq, qorong„i joy da qog„oz yoki plastik qoplarda saqlanadi. Ittikanakni quritilgan xom-ashyosi uchki barglar va uzunligi 15 sm gacha bo„lgan (poyalar) va alohida barglardan iborat aralashmadir. Barglari yashil yoki qo„ng„ir yashil rangda, poyalariniki yashil yoki yashil binafsha rangda. Hidi o„ziga xos, ta’mi achchiq, ozgina og„izni bog„lovchi. Xom ashyoning namlik darajasi 13% dan oshmasligi;
umumiy kul 11% dan, qo„ng„irlashgan qoraygan poya va barglari 3% dan, uzunligi bilan 15 sm dan uzunroq uchki bargli qismi 3% dan, organik birikmalar 2% dan, mineral (tuproq, qum, tosh) 1% dan oshmasligi kerak. Tayyor xom-ashyo og„irligi 50 kg oshmaydigan toylar yoki o„ramlarga joylashtiriladi. Quruq va havo yaxshi aylanadigan joylarda saqlanadi. Xom ashyoning yaroqlilik muddati 2 yil.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin