D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi


Xom ashyoni yig'ish va uning sifati



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə33/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   163
Xom ashyoni yig'ish va uning sifati: Jag„-jag„ o„ti gullash davrida quruq ob-havo sharoitida shudring quriganidan keyin pichoq yoki o„roq bilan kesib olinadi. Ko„pincha butun o„simlik ildizi bilan tuproqdan sug„irib olinadi va keyin yer usti qismi kesiladi. Mevalar pishgan o„simliklardan xom ashyo yig„ilmaydi. Zich o„sgan maydonlardan o„simlik o„roq bilan kesiladi yoki belo„roq bilan o„riladi. Yig„ilgan xom ashyo zich qilmasdan idishlarga solinadi va imkon qadar tez quritishga yuboriladi. Jag„-jag„ havo yaxshi aylanadigan ayvon ostida yoki quritgichlarda quritiladi. Yaxshi ob-havo sharoitida u ochiq havoda soyada va shamolda quritilishi mumkin. Yaxshi ob-havo sharoitida xom ashyo 5-7 kun ichida quriydi. Quruq xom ashyoning chiqim massasi 26-28% ni tashkil qiladi. Xom ashyoning namligi 13% dan oshmasligi kerak.
Kimyoviy tarkibi: Jag„-jag„ o„ti tarkibida gissopin ramno- glyukozidi, burs kislotasi, taninlar, fumad, olma va vino kislotalari,
xolin va atsetilxolin, tiramin, inozit, askorbin kislotasi va saponinlar mavjud. Urug„larida yog„li moylar (28% gacha) va oz miqdordagi allilxantal yog„i mavjud.
Tibbiyotda qo’llanilishi: Jag„-jag„ o„simligi qaynatmasi
ginekologik amaliyotda damlama va ekstrakt shaklida tug„ruqdan keyingi qon to„xtatuvchi vosita sifatida, shuningdek, tug„ruq paytida bachadon mushaklarining qisqarishini kuchaytirish uchun ishlatiladi. Tez-tez qon tupirish va qon ketishi bilan kechgan o„pka silini davolashda jag„-jag„ o„simligi qaynatmasining samarali foydasi aniqlangan.
Bo’tako’z - Centaurea cyanus L.
(Василёк синий)
O’simlik tavsifi:
Bo„tako„z - bu Asteraceae oilasiga mansub bir yoki ikki yillik o„t o„simlik, yupqa o„q ildizi bilan. Poyasi 100 sm
balandligida, tik turuvchi, shoxlangan, tutamli-
to„rsimon. Pastki barglar erta quriydi, patsimon- bo„lakli, bandlarda, o„rta va yuqori barglari -


chiziqli, butun qirrali, o„troq. Gul savatchalar yirik, yakka, poyasi va


novdalarining uchida joylashadi.
Savatchaning chetki gullari yorqin ko„k (kamdan-kam oq yoki pushti),
qiyavoronkasimon, urug„siz, o„rtadagi - naychasimon, ko„k- binafsha, ikki jinsli. Mevasi kulrang yoki sarg„ish-kulrang, pistachasi biroz tukli, ko„p qatorli popukka ega. Har bir o„simlik 2500 tagacha urug„ beradi. Iyun - sentyabr oylarida gullaydi, mevalar avgust - oktyabr oylarida pishadi. Faqat urug„lari bilan ko„payadi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin