Mikroskopiya: Chetki gullarining epiderma hujayralari ikki tomonga cho„zilgan, uchlari o„tkir va devorlari egri-bugri. Gulning naychasimon qismida hujayra devorlari to„g„ri yoki biroz to„lqinsimon. Naychaning to„qimalarida ko„plab kalsiy oksalatning prizmatik kristallari mavjud. Naychasimon gullarning epidermasining tuzilishi o„xshash, ammo hujayralari kichikroq o„lchamli. Oval shaklidagi chang donalari uchraydi. Raqamli ko’rsatkichlar:Antotsianlar miqdorini sianidinga o„tkazganda 3,5-diglikozid 0,6% dan kam bo„lmasligi kerak, namlik 14% dan, umumiy kuli 8% dan, xlorid kislotasining 10% eritmasida erimaydigan kuli 1% dan, gul savatchalari 1% dan, tabiiy rangini yo„qotgan gullar 10% dan, organik aralashma 0,5% dan, mineral aralashma 0,5% dan oshmasligi kerak. Miqdorini aniqlash:Xom ashyoning analitik namunasi diametri 1 mm bo„lgan teshiklari bo„lgan elakdan o„tadigan qismlarga maydalanadi. Maydalangan xom ashyoning taxminan 0,3 g (aniq tortiladi) hajmi 250 ml hajmdagi kolbalarga joylashtiriladi, 1% li xlorid kislotasining 100 ml eritmasi qo„shiladi, kolba suv hammomida 15 daqiqa davomida 40-450C haroratda ushlanadi. Ekstrakt paxta yordamida 250 ml hajmli kolbaga suzgichdan o„tkaziladi. Paxta xom ashyosi bilan yana kolbaga solinadi, 1% li xlorid kislotasining 100 ml eritmasi qo„shiladi, oldindan xom ashyo qismlarini voronkadan kolbaga yuvib solinadi va ekstraksiya yuqorida aytilganidek takrorlanadi. Keyin kolbadagi eritma paxta yordamida o„sha hajmli kolbaga suzgichdan o„tkaziladi. Suzg„ichdagi xom ashyo 1% xlorid kislotasining 40 ml eritmasi bilan yuviladi. Filtrat sovutilgandan so„ng, olib tashlangan xom ashyo hajmining o„mini 1% xlorid kislotasi eritmasi bilan belgiga keltiriladi. Dastlabki 10 ml eritma to„kib tashlanib, olingan ekstrakt qog„oz suzg„ichdan sig„imi 250 ml bo„lgan kolbaga o„tkaziladi va filtratning optik zichligini qavatining qalinli 10 mm bo„lgan kyuvetada 510 nm to„lqin uzunligida spektrofotometrda o„lchanadi. Taqqoslash eritmasi sifatida 1% xlorid kislota eritmasi ishlatiladi.