D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə48/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   163
O’sish joyi- Tarqalishi:
O„simlik nam botqoqli yerlarda, o„tloqlarda, daryo irmoqlari, daryo qirg„oqlari, daryo boshlari va vodiylarda, to„qayzorlarda, namlik yuqori bo„lgan qiyaliklar va jarliklarda, ariq bo„ylaridagi butazorlarda, tolzorlarda dengiz sathidan 700-2800 m balandlikda uchraydi. Toshkent, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida tarqalgan. Areali. O„rta Osiyo (Jungar Oloyi, Tiyon-Shon, Pomir Oloy).
Xom ashyoni yig’ish va uning sifati: Dorivor xom ashyo sifatida qurigan holatida solab deb nomlanuvchi tugunaklari hisoblanadi. O„simlik tuganagini gullash vaqtining oxirida yoki gul pixi to„kilib ketmasdan gullash jarayoni tugagandan keyin yig„ib olinadi. Qazib olingan tuganaklar tuproqdan tozalanadi, tezda yaxshilab sovuq suvda yuviladi va 1-2 daqiqa davomida qaynoq suvda botiriladi, bu quritish vaqtida tugunaklarni o„sib ketishini oldini oladi. Xom ashyolar soyada yoki quritgichda 50°C haroratda quritiladi. Tayyor xom ashyo - yaxshi quritilgan tugunaklar, zich, og„ir, biroz shaffof; ta’msiz va hidsiz, sarg„ish-oq yoki oq-kulrang ko„rinishida bo„ladi.
Kimyoviy tarkibi: Tugunaklarda taxminan 50% shilimshiq moddalar, 27% kraxmal, 5% oqsil moddalar tarkibida, shakar, shovul nordon kalsiysi va mineral tuzlar mavjud.
Tibbiyotda qo'llanilishi: Zamonaviy tibbiyotda yosh
tugunaklari oshqozon ichak kasalliklari, nafas yo„llarining o„tkir va surunkali kasalliklari, surunkali va o„tkir bronxit, gastroenterit, enterit, diareya, ayniqsa bolalarda dizenteriya, siydik pufagi yallig„lanishi, aryim zaharlar bilan zaharlanish holatlarida qo„llaniladi. Yosh ildiz tugunaklari og„ir kasalliklardan keyin, kuchli tashvishlanish, qarilik holsizligi, sil kasalligi bilan og„rigan bemorlarga va kuchli qon ketishda tiklovchi vosita sifatida ham qo„llaniladi. Solab ayniqsa, ichak faoliyati buzilgan bolalarga o„simligi juda foydalidir. Solabning suvli emulsiyasini diareya, shu jumladan, dizenteriyada klizmalarda keng qo„llaniladi. Emulsiya tarkibiga zig„ir urug„idan tayyorlangan qaynatma qo„shiladi (1 choy qoshiq zig„ir urug„i 1 stakan qaynoq suvga). Sharq mamlakatlarida solab o„simligining tugunaklari sog„liqni tiklash uchun kuchli zaiflik, erkaklar bepushtligida ishlatiladi. Xalq tabobatida tugunaklaridan olingan kukun jinsiy zaiflik, sil kasalligi, qarilikda quvvatni saqlash va kuchli qon ketish, ruhiy shikastlanishda, oshqozon kasalliklari, diareya, dizenteriya, oshqozon va o„n ikki barmoqli ichak yaralari, yarali kolitlar, distrofiya, yuqori nafas yo„llari katari, og„iz bo„shlig„i va tomoq yallig„lanishi kasalliklari, oshqozon-ichak trakti to„qimalarini ovqat va boshqa zaharlanishlar natijasida yallig„langanda shilimshiq bilan davolashda qo„llaniladi. Diareyada yaxshi natija olish uchun solab eritmasiga zig„ir urug„ining 1/10 qismi qo„shib, klizma qilinadi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin