D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə59/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   163
O'sish joyiva tarqalishi: Qirqbo„g„im o„simligi kosmopolit tarqalish tipiga ega. Bu o„simlik tog„oldi va o„rta tog„ mintaqasida eng ko„p tarqalgan qirqbo„g„im turi hisoblanadi. Namlik yuqori joylarda, irmoq va buloqlar bo„ylarida o„sadi.
Xom ashyoni tayyorlash va uning sifat:
Qirqbo„g„im o„simligi yozda yig„ib olinadi,
o„simlikni yer usti qismi o„roq yoki pichoq yordamida, zich o„sgan
maydonlarda belo„roq bilan
o„rib olinadi.
Poyani dag„al pastki qismlari yig„ib olinmaydi. Quritishdan oldin boshqa o„simliklaming qoldiqlari va begona o„tlar hamda boshqa qirqbo„g„im turlaridan tozalanadi. Xom ashyo xavo yaxshi aylanadigan chordoqlarda yoki ayvonlarda uni 5-7 sm qalinlikda qog„ozga yoki matoga yoyib quritiladi. Quruq xom-ashyoning massasi 20-25% ni tashkil etadi. XI DF talablariga ko„ra, qirqbo„g„im o„ti kulrang-yashil rangga ega, kuchsiz, o„ziga xos hidli, ozgina nordon mazasi bor. Namlik miqdori 13% dan; umumiy kul miqdori 24% dan; 1 sm dan kichik o„lchamli maydalangan zarralari 10% dan; o„tning boshqa qismlari 1% dan; organik birikmalar 1% dan; mineral 0,5% dan; qirqbo„g„imning boshqa turlari 4% dan oshmasligi kerak.
Kimyoviy tarkibi: Qirqbo„g„im o„ti tarkibida olma, akonit, oksalat va kremniy kislotalari (2,5% gacha), taninlar, achchiqliklar, smolalar, 1-5% ekzizetrin saponini, flavonoidlar (ekvizetrin, lyuteolin- 7-glyukozid, lyuteolin-5-glyukozid, izokversitrin, lyu-teolin, kempferol- 3, 7-diglyukozid, kempferol-7-glyukozid), 4,7 mg karotin, 30-190 mg askorbin kislotasi, sitosterin, dimetilsulfon, alkaloidlar izlari - palyustrin, 3- metoksipiridin va nikotin mavjud.
Tibbiyotda qo’llanilishi: Qirqbo„g„im preparatlari yurak kasalliklari (yurak porogi, yurak yetishmovchiligi) bilan bog„liq qon harakati susayganda, shuningdek, o„pka va yurak kasalligi bilan bog„liq bo„lgan shishlar uchun siydik haydovchi sifatida tavsiya etiladi. Siydik yo„llarining kasalliklari (pielit, sistit, uretrit) uchun ko„pincha siydik haydovchi va yallig„lanishga qarshi xususiyatlarga ega bo„lgan boshqa o„simliklar bilan birgalikda buyuriladi. Bundan tashqari o„simlik qaynatma va damlamasi siydik tosh kasalligi, bavosildan (gemorroy) va bachadondan qon ketishida, qo„rg„oshindan o„tkir va surunkali zaharlanishda ishlatiladi. O„simlik qaynatmasi dezinfeksiyalash xususiyatiga ega bo„lib, u tashqi tomondan surunkali bitmaydigan yaralar yoki yiringli yaralar uchun ishlatiladi. Odatda o„simlik o„tining kompleks dorivor yig„malarning bir qismi sifatida qo„llaniladi. Qirqbo„g„im o„ti nefrit va nefroz kasalliklarida qo„llanilmaydi, chunki buyraklarning yallig„lanishiga olib keladi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin