D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə61/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   163
Ko’paytirish va agrotexnikasi. Ferula foetida - yerga urug„larni ekish yoki issiqxonalarda yetishtirilgan ko„chatlari bilan ko„paytiriladi. Ko„p yillik o„simlik sifatida paykalli ponalarga joylashtiriladi. Ekishdan oldin tuproq begona o„tlardan tozalanadi (agrotexnik tadbirlar yoki gerbitsidlar orqali), organik va mineral o„g„itlar bilan boyitiladi. Asosiy shudgorlash 25-30 sm chuqurlikda amalga oshirilib, bahorda dalaga agrotexnik ishlov beriladi. Keng qatorli usulda ekiladi. Qatorlarning oralig„i 70 sm, 1 gektarga 6-8 kg/ga urug„, ekish chuqurligi 2-3 sm. Maysalar unib chiqqandan so„ng, o„simliklar orasi 40 sm dan yaganalanadi. O„simliklarni parvarish qilishda tuproqni yumshatish va begona o„tlardan tozalash lozim. O„sish mavsumida qator oraliqlarini 3-4 kultivatsiya qilish, 2-3 marta begona o„tlardan tozalash, mineral o„g„itlar bilan oziqlantirish tadbirlari amalga oshiriladi.
Hosil yig’imi: Urug„lar to„liq yetilish davrida yig„ib olinadi. Xushbo„y ziravor sifatida bahorda ildizlardan olingan sutli sharbati ishlatiladi.
Dorivorlik xususiyatlari: Kovrak shirasi (sutli sharbat) asosan jazavada (vasvasa), shuningdek, ichakdan havo haydovchi va balg„am ko„chiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Og„riq qoldiruvchi,
tinchlantiruvchi, ich suruvchi xususiyatlarga ega. Sassiq kovrak shirasi tarkibida boshlang„ich ta’sir etuvchi modda - efir moylari bor. Uning davolovchi xususiyatlari ko„p, ba’zi insonlar uning katta dozasini ham zararsiz hisoblashsa, ayrimlar zaharli sanashadi. Farmakopiyada assafetida jazavaga qarshi faol vosita sanaladi. Veterinariya tibbiyotida u ichak va teri parazitlariga qarshi ishlatiladi.
Qo'llanma: Galen preparatlari
ilgari ichaklarda havo yig„ilganda va ichak bo„shashganda qo„llanilgan (shuningdek gomeopatiyada). Sassiq kovrak o„tkir, juda kuchli va sarimsoq hidiga ega. Tayyor mahsulot qiyshiq oq «bodomcha» shakli va har xil o„lchamda bo„lib, ziravor sifatida ishlatiladi. Eron, Afg„onistonda qo„y go„shtidan
tayyorlanadigan qovurilgan va dimlangan taomlarga ham qo„shishadi. Hindiston va
Indoneziyada sabzavot va guruchli ovqatlarga birga qo„shiladi. Shu
bilan birga guruchli ovqatlar uning o„tkir hidi va ta’mini biroz yumshatadi. Kovrak xushbo„y aralashmalar «karri»tarkibiga kiradi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin