Mikroskopiya: Ferula tadshikorumPimenov meva perikarpiysining tuzilishi diagnostik belgilarni aniqlash maqsadida o„rganilgan. Tadqiqot natijasida o„rganilgan tur tashqi tuzilishi bo„yicha unga yaqin Ferula kuhistanica Korovin turiga o„xshash belgilarga ega bo„lishdan tashqari meva perikarpiysining tuzilishi bo„yicha aniq belgilar bilan ajralib turishi aniqlangan. Ferula tadshikorum mevasining farq qiluvchi belgilariga quyidagilar kiradi, ya’ni mevaning eni, o„tkazuvchi nay-tolali boylamga ega orqa qovurg„alari, merikarpiyning ko„ndalang kesimdagi shakli, komissural va chetki qovurg„a ajratma kanallarining soni, urug„ yo„lining shakli. Introduksiya:Toshkent botanika bog„ida introduksiya qilingan Ferula tadshikorum Pimenov dorivor o„simlikning o„sishi va rivojlanishini kuzatish bo„yicha tadqiqot ishlari olib borildi. Ekilgan maydondagi asosiy o„simliklar pregenerativ davrning o„simta va yuvenil bosqichini o„tashdi, lekin ba’zi o„simliklar esa dastlabki immatur bosqichida o„tganligi hamda iyun oyining oxirida ontogenezning birinchi yili tugashi kuzatildi.
segmentlar uzunligi va eni 3-4
Shashir -Ferula tenuisecta Korovin
Ферула тонкорассеченная O’simlik tavsifi: Balandligi 1 m gacha bo„lgan ko„p yillik polikarpik o„simlik. Kaudeksi shoxlangan. Poyasi ingichka, pastki qismida diametri 2 sm gacha, o„rtasidan shoxlangan; novdalari ketma-ket yoki bir-biriga yaqinlashib halqada joylashgan. Barglari uzoq vaqt qurimaydigan, qisqa va qattiq tuklar borligi uchun dag„alsimon; ildizbo„g„zi barglari uzun bandlarda joylashgan, plastinkasi keng uchburchak shaklida, uch bo„lakka bo„linib, ikkita qo„shimcha segmentga ega, sm, dumaloq ellipssimon, asosida cho„zilgan, ikki-uch karra bo„lingan, oxirgi bo„laklari uzunligi 1-5 mm, chiziqsimon, o„tkirlashgan, bir-birining ustiga chiqqan; poyadagi barglar plastinkasi qisqargan, uzunroq va siyrak bo„lakli, ularning qini shishgan, terisimon, tuxumsimon-lansetsimon, o„tkirlashgan, poyani o„rab olgan. Markaziy soyabonlari o„troq, diametri 12 sm gacha, 8-12 nurli, yon soyabonlari 6-10 nurli, har biri 1-3 ta, uzun bandchalarda joylashgan. Soyabonchalari 5-14 gulli, juda qisqa pardasimon o„rama barglarga ega. Kosachabarglar tishlari juda qisqa. Tojibarglari sariq, tuxumsimon, uzunligi 1,5 mm gacha, uchi qisqa toraygan va ichiga qayrilgan. Stilopodiy kosasimon, chetlari bo„lakli. Ustuncha uzunligi 1,5-2 mm gacha. Mevalar uzunligi 12-18 mm, eni 5,5-8 mm, cho„zinchoq tuxumsimon, orqa tomondan biroz bo„rtgan. Orqa qirralari biroz chiqib turgan, chetdagilari tor qanotsimon. Ekzokarp qirralarida deyarli izodiametrik hujayralar va lojbinkalarda prozenxima hujayralardan iborat, tashqi devorlari sezilarli darajada yo„g„onlashgan. Mezokarpning subepidermal qatlami hujayralarini devorlari kollenximal qalinlashga ega. Gipendokarp 2-3 qatorli prozenximal, kam lignifikatsiyalashgan hujayralardan iborat. Chetdagi qirralarda sklerenximaning mexanik massivlari va 3 ta o„tkazuvchi bog„lam mavjud. Lojbinkasimon ajratma kanallari yakka, orqa tomonni to„liq egallaydi; ba’zan kichik qo„shimcha ajratma kanallar uchraydi; kattaligi jihatidan teng bo„lmagan 6-8 ta komissural ajratma kanallar mavjud; ajratma kanallar septalarga bo„lingan; chetdagi qirralarda 3-5, orqa tomonda 1-2 ta qirrasimon ajratma kanallarga ega. May-iyun oylarida gullaydi, iyun-iyul oylarida mevalaydi.