D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi


Xom ashyoni yig'ish va uning sifati



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə66/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   163
Xom ashyoni yig'ish va uning sifati: G„unchalash davrida ildizlari yig„iladi va bo„laklarga bo„lib quritiladi.
Standartlash: Xom ashyo sifati VFS42-2001-90 talablariga mos kelishi lozim.
Tashqi belgilari: Maydalangan shoxlangan kaudekslari va ildizlarining bo„laklaridan iborat. Morfologik belgilari yuqorida keltirilgan. Ildizi va kaudeksining rangi kulrang-jigar, singan joyida sarg„ish yoki kulrang-oq rangda, singan joyi kuchli tolali. Hidi kuchli, o„ziga xos, sarimsoq hidini eslatadi. Ta’mi achchiq.
Sifatli reaksiyasi: 1 ml spirtli ekstrakti probirkaga solinadi, 0,1 ml sulfat kislota qo„shilgan vanilin quyiladi, ko„k-yashil rang hosil bo„ladi (seskviterpenlar).
Mikroskopiya: Ildizning ko„ndalang kesimida qalin qatlamli po„kak ko„rinib, unda deyarli rangsiz va to„q bo„yalgan qismlari navbatlashib joylashadi. Ildizning periferik qismida floema va ksilema elpig„ichsimon qismlarni hosil qiladi va markazda qiyshaygan anastomozlar orqali bog„lanadi. Floema va ildiz parenximasida diametri 50 dan 70 mkm (floema ichida) 90-200 mkm gacha (po„stloqda) ko„p sonli ajratma kanallari mavjud. O„zak nurlari va ildiz parenximasida ko„plab teshiksimon yoriqlar mavjud va yemirilgan to„qimalaming guruhlari zich oqish yoki kulrang-sarg„ish tuzilmalar shaklida joylashgan. Ajratma kanallar atrofidagi parenxima hujayralarida moysimon kiritmalar va kraxmal, o„zak nurlarida - moysimon kiritmalar, ular atrofidagi parenxima hujayralarida kraxmal uchraydi.
Kraxmal donalari odatda oddiy, diametri 3-5 dan 12-16 mkm gacha, yumaloq, ovalsimon yoki cho„ziqsimon-ellipssimon shaklida bo„ladi. Kaudeks qiyshaygan (yulduzsimon) halqa hosil qiluvchi o„tkazuvchi to„qimalarining joylashishi va diametri 150-300 mkm bo„lgan ko„plab ajratma kanallari joylashgan o„zak qismini borligi bilan ildizdan farqlanadi.
Raqamli ko’rsatkichlar: Tarkibida tefostrol miqdori kamida 4% bo„lishi kerak; namlik 12% dan; umumiy kul miqdori 18% dan, o„simlikning boshqa qismlari (barglar, barg bandlari, poya, shu jumladan, tahlil paytida ajratilgan) 5% dan; organik moddalar 2% dan, mineral aralashmalar 2% dan oshmasligi kerak.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin