D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə84/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   163
Kimyoviy tarkibi: O„simlik tarkibida efir moyi, alkaloidlar, C vitamini, karotin, rutin, kversetin, giperin, kversitrin, miritsetin, 3- rutinozid miritsetin, 7-arabinozid kversetin, avikulyarin, antotsianlar, kumarinlar, floroglyusinlar, taninlar, giperitsin, katexinlar mavjud. Ildizlarida alkaloidlar, to„pgullarida PP vitamini topilgan.
Qo‘llash usuli: O„simlik turli xil kasalliklarda (jigar, yurak, oshqozon, ichak, siydik pufagi) ishlatiladi. Qizilpoycha yuqori antibakterial, fenol birikmalar yig„indisi esa virusga qarshi faollikni ko„rsatadi.
Tajribada o„rtacha diuretik ta’siri aniqlangan. Gullarning 10% li nastoykasi oltin tusli stafilokokk, streptokokk, ichak tayoqchasiga bakteriostatik va bakteritsid ta’sir ko„rsatadi.
Retseptlar: 1) yo„tal, bronxit, sistit, gepatit, gastrit, enterit, kolit: 1 osh qoshiq quruq maydalangan o„tiga 1 stakan suv quyiladi, 3-4 daqiqa davomida qaynatiladi, 2 soat turib, suzgichdan o„tkaziladi. 1/4­1/3 stakandan ichiladi. Kuniga 3 marta ovqatdan 30 daqiqa oldin. 2) yuqumli gepatit: 2 osh qoshiq gullriga 1 litr qaynoq suv quyiladi, 1 soatga qoldiriladi, suzgichan o„tkaziladi. Sekin-asta iliq holda choy shaklida kuniga 2-3 marta 1 stakandan ichiladi. Shunga qaramay, qizilpoychadan foydalanishdan oldin avval mutaxassis yoki shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Andiz - Inula helenium L.
(Девясил высокий)
O’simlik tavsifi: Andiz - bu
Asteraceae oilasiga mansub ko„p yillik o„simlik, balandligi 160-150 sm, qalin, kalta, etdor, ko„p boshli ildizpoyaga ega, ulardan bir nechta ko„shimcha ildizlar tarqaladi. Poyasi tik turuvchi, chiziq-chiziqli, kalta, zich, oq tuklar bilan tuklangan, yuqori qismida qisqa shoxlangan. Barglari ketma-ket, yirik, notekis tishsimon, tashqi tomoni biroz burushgan, ostida kulrang yumshoq tuklangan. Gullar diametri 8 sm bo„lgan to„pgul (savatchalar) ichida to„plangan, asosiy poya va novdalarning yuqori qismida
savatchalari zich bo„lmagan ro„vak yoki qalqonchani hosil qiladi. Gullari oltinsimon sariq, xira oq rangli tukli popugi bor. Mevasi 4-5 mm uzunlikdagi to„rt qirrali qo„ng„irrang pistachalardan iborat bo„lib, uning popugi pistachaga nisbatan ikki
baravar uzundir. Iyul- sentyabr oylarida
gullaydi, mevalari
avgust-oktyabr oylarida pishadi. Tibbiyotda
ildizlari va ildizpoyalari qo„llaniladi.
O‘sish joyi va tarqalishi: Dasht
zonasida, quyi va o„rta tog„ mintaqalarida
tarqalgan. Butazorlarda va baland bo„yli o„tloqlarda o„sadi. U ko„pincha nam joylarda - daryolar, ko„llar, tog„ irmoqlari bo„ylarida, yer osti suvlari oqib chiqadigan joylarda uchraydi.
Xom ashyoni yig‘ish va uning sifati: Avgust oyining oxirida yoki
sentyabrning boshida andizning ildizlari va ildizpoyalari ikkinchi vegetatsiya yili
yig„iladi. Xom
ashyosi XI DF da ko„rsatilgan talablarga javob berishi kerak.
Andizning tayyor xom ashyosi to„liq yoki bo„lingan uzunligi 2-20 sm, qalinligi 0,5-3 smli ildizpoyalardan va ildizlardan iborat bo„lishi kerak. Xom ashyo o„ziga xos hidga ega, xushbo„y, achchiq ta’mli. Xom ashyo tarkibida quyidagilarga ruxsat beriladi: namlik 13% dan, umuiy kul miqdori 10% dan, yumshoq ildizlar va ildizpoyalar, poyalar asoslari va o„simlikning boshqa qismlari, singan joyda qoraygan, shuningdek, uzunligi 2 sm gacha bo„lgan ildiz bo„laklari 5% dan; organik aralashmalar (boshqa zaharli bo„lmagan o„simliklarning qismlari) 0,5% dan, mineral aralashmalar (tuproq, qum, toshchalar) 1% dan oshmasligi kerak. Xom ashyolarni 25-30 kg gacha bo„lgan qoplarga yoki 50 kg gacha toylarga qadoqlab, zararkunanda hasharotlardan saqlanadigan quruq, yaxshi xavo aylanadigan xonalarda stellajlarda saqlanadi.

Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin