Xom ashyoni yig‘ish va uning sifati: Barglar, gullar, meva qobig„i, yashil va pishgan yong„oqlar, yong„oq urug„lari, urug„ining moyi, qattiq urug„ po„sti va ular orasidagi yupqa pardalari shifobaxsh xom ashyo bo„lib xizmat qiladi. Barglari katta bo„lib ketmasdan may-iyun oylarida yig„iladi, qorayib ketmasligi doimiy kuzatilib ayvon ostida va temir tomli chordoqlarda tezda quritiladi. Meva po„sti mevalarni terganda yig„iladi (avgust-sentyabr oylarida), quritgichlarda yoki pechlarda 30- 400C haroratda quritiladi. Yong„oq mevalari pishmagan va pishgan holda yig„ib olinadi. Pishmagan yong„oqlar iyun oyida yig„iladi (ular pishgan mevalar kattaligiga yetganda, lekin ularning pallalari hali yog„ochlashmagan va yong„oqni igna bilan teshish mumkin bo„lganda). Yong„oq xom ashyosining asosiy yig„imi to„liq yetilganda, ya’ni yashil meva qobig„i yorilib, yong„oq ajralib tushganda amalga oshiriladi.
Kimyoviy tarkibi: O„simlikning barcha qismlarida biologik faol moddalar mavjud: koratriterpenoidlar, steroidlar, alkaloidlar, C vitamini, taninlar, xinonlar. Barglarda aldegidlar, efir moyi, alkaloidlar, C vitaminlari (1300 mg), PP, ko„p miqdorda karotin (33 mg%), fenol karbon kislotalar, taninlar, kumarinlar, flavonoidlar, antotsianinlar, xinonlar va yuqori aromatik uglevodorodlar; meva qobig„ida - organik moddalar kislotalar, taninlar, kumarinlar va xinonlar. Yashil yong„oqlar C, B1 vitaminlariga (B3, PP, karotin va xinonlar, etilgan yong„oqlar - sitosterinlar, C, B1, B2, PP vitaminlari, karotin, taninlar, xinonlar va efir moylariga, shuningdek, kletchatka, temir va kobalt tuzlariga boy. Urug„ po„sti fenol karbon kislotalar, taninlar va kumarinlar, pelikulasi (mevani qoplagan ingichka jigarrang po„sti) - steroidlar, fenol karbon kislotalar, taninlar va kumarinlarga boy.
Dostları ilə paylaş: |