Qizilarcha - Juniperus seravschanica Kom.
(Можжевельник зеравшанский) O‘simlik tavsifi: Cupressaceae oilasiga mansub balandligi 20 m gacha bo„lgan ikki uyli daraxt yoki juda kam hollarda zich ovalsimon yoki konussimon shox-shabbali past bo„yli buta. Po„stlog„i qizg„ish, plastinkasimon; novdalari yo„g„on; uchki novdalari biroz tasbehsimon yoki bir tekis, qalinligi 1-1,5 mm, och yashil yoki kulrang. Barglari tuxumsimon cho„zinchoq, o„tkir, orqa tomonida cho„zinchoq bezchalari bor. Quddasimon rezavor mevalari 9-12 mm uzunlikda, kalta bandchalarda, sharsimon yoki deyarli sharsimon, yosh mevalari yashil, yetuklari to„q jigarrang, ko„kimtir rang bilan qalin qoplangan, qattiq, tashqi qavatini ostida yog„ochlashgan qatlamli, 2-3 kamdan-kam 4 urug„li. Urug„larning uzunligi 5-7,5 mm, odatda noaniq uch qirrali-tuxumsimon, yondagilari yirikroq, orqa tomoni bo„rtib chiqqan va ikkita burushiqqa ega, o„rtagi urug„lar kichikroq (ba’zan bo„lmaydi), yonidan bo„ylama burushiqlari bor, yosh urug„lari ochiq rangli, yetuklari jigarrang. O'sish joyi va tarqalishi:Dengiz sathidan 1000 dan 2500 m gacha bo„lgan toshli, shag„alli va mayda zarrali tog„ qiyaliklarida uchraydi. Ba’zan toza chakalakzorlar yoki Juniperus semiglobosa Regel va ba’zi keng bargli turlar bilan aralash chakalakzorlarni hosil qiladi (Boysun tizmasidagi Xo„ja- Gurgur-Ota va Turkiston tizmasidagi Guralash- Soy tog„lari). Toshkent, F arg „ona, Samarqand viloyatlarida uchraydi. Umumiy tarqalishi. Pomir-Oloy, Tiyon- Shondan Qoratog„gacha, Shimoliy Afg„onistonning Hinduqush tizmalari bo„ylab tarqalgan.