D. A. Imomova, A. N. Xujanov o'zbekiston dorivor o'simliklar atlasi



Yüklə 4,61 Mb.
səhifə94/163
tarix24.11.2023
ölçüsü4,61 Mb.
#133827
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   163
Xo'jalik ahamiyati: Qizilarcha - o„rmon meliorativ ishlarida nihoyatda qimmatli o„simlik, chunki u tog„ qiyaliklarining eroziyasi va ko„chishini oldini oladi. Yog„ochining o„zagi qizil va o„ziga xos kuchli «sarv» hidiga ega bo„lganligi uchun qurilish (ayniqsa, tog„ qishloqlarida) va buyumlar yasash materiali sifatida ishlatiladi, shu jumladan qalamlar uchun yog„ochlik olinadi.
Kimyoviy tarkibi: Yangi novdalarida 0,45 dan 0,75% gacha efir moyi mavjud, ular tarkibiga d-a-pinen (taxminan 79%), kadinen, terpen, terpinolen, mirsen (taxminan 6%) va sedrol (taxminan 6%) kiradi. Novdalarda moy miqdori bahordan kuzgacha juda ko„payadi. Shuningdek, rezavorlar tarkibida 10-30% shakar, yuniperin glikozidi, sariq rangli bo„yoq, 9% smola, pentozanlar, organik kislotalar, po„stlog„i va novdalarida 8,3% gacha tanin, igna barglarida 120-140 mg C vitaminlari mavjud.
Tibbiyotda qo‘llanilishi: Quddasimon rezavor mevalarning damlamalari siydik haydovchi, yallig„lanishga qarshi va o„t haydovchi xususiyatlarga ega.
Bozulbang - Lagochilus inebrians Bunge
(Зайцегуб опьяняющий)
O‘simlik tavsifi: Lamiaceae oilasiga mansub yarim buta, balandligi 24­60 sm, o„q ildizli, sharsimon shakl beruvchi ko„p sonli tik turuvchi, oddiy yoki shoxlangan tikanli poyalardan iborat. Barglari qarama-
qarshi, keng tuxumsimon, uchga, beshga bo„lingan, ko„p sonli tukchalari va bezli tukchalari bor. Gullari 4-6 ta dan qo„ltig„dan chiqqan yarim xalqada, uzun boshoqsimon to„pgulda
to„plangan. Kosachabarglari
qo„ng„iroqsimon, voronkosimon
kengaygan, 5 ta egilgan tikanli tishlarga ega, gultojibarglari pushti, ikki labli, yuqori labda uzun tik turuvchi tukchalari bor. Mevasi senobiy (bo„linadigan meva), uzunligi 3-4 mm bo„lgan, silliq sarg„ish-kulrang 4 ta yong„oqchadan iborat. May-iyulda gullaydi, urug„lar avgust-sentyabrda pishadi.



Yüklə 4,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin