i, u, o‘, a unlilarini oraliq unlilar deb ataydi. U o‘zbek tili
unlilarining bu fonetik tasnifi rus tili unlilari bilan qiyoslash asosida berilishini
ta’kidlaydi.
2
Bizning nazarimizda, V.V.Reshetov oraliq (indifferent) unlilar haqida fikr
yuritganda, o‘zbek tili fonologik sistemasiga diaxron nuqtai nazardan yondashgan. U
o‘zbek tilining hozirgi Toshkent dialektida qadimgi qator bo‘yicha zidlanuvchi
unlilarning zidlanish belgisi yo‘qolganligi, oraliq unlilarning hosil bo‘lganligi
borasida bahs yuritgan. Shuning uchun ham bu unlilarni ikki qatordagi unlilarning
birlashuvidan – konvergensiyasidan hosil bo‘lgan degan fikr bilan konvergentlar
nomi ostida birlashtirgan.
3
Xuddi shu fikr prof. F.Abdullaevda ham uchraydi.
4
Shuni ta’kidlash kerakki, turkiy tillarning vokalizmiga bag‘ishlangan barcha
tadqiqotlarda qator belgisi va lab ishtiroki belgisi unlilarni tasnif qilish uchun
farqlovchi belgi sifatida qarab kelinadi.
Faqat E.Umarovgina bunday tasnif asosiga e’tiroz bildiradi. Prof. E.Umarov
o‘z maqolasida yozadi: “Asrimizning boshida, turkiy yodgorlik-larni nashr qilmoqchi
bo‘lgan olimlar oldida unli tovushlarni qanday aks ettirish kerak, degan muammo
paydo bo‘ladi. V.V.Radlov boshchiligidagi bir guruh olimlar turkiy tillarga qattiqlik-
yumshoqlik xos, shuning uchun bu tillardagi unlilarni til oldi, til orqa tovushlariga
ajratib ko‘rsatish kerak, degan fikrni yoqlab chiqdilar va o‘z ishlarida ana shu
qoidaga amal qildilar... Xo‘sh, bu taklif turkiy, jumladan, o‘zbek tiliga mos keladimi?
degan savol tug‘iladi. Bizningcha, bunga hech ikkilanmasdan “yo‘q” deb javob
berish kerak”.
5
Prof. E.Umarov o‘zbeklar yuqoridagi unlilarni haqiqatan tilning oldida yoki
orqasida talaffuz qiladilarmi, ya’ni o‘zbeklar tilning oldi yoki orqasi bilan
gapiradilarmi degan savol qo‘yib, o‘zlari unga hech ikkilanmay “yo‘q” deb javob
berish kerakligini bayon qiladi.
Muallif ikkinchi maqolasida unlilarni og‘izning ochilish darajasiga va labning
ishtirokiga ko‘ra tasnif qilish o‘rinli ekanligini ko‘rsatadi.
6
Shuni ta’kidlash kerakki, turkiy tillar uchun palatal va labial singarmonizmning
xosligi, palatal garmoniyada unlilar qatorga ko‘ra ohanglashuvi hech kimda e’tiroz
tug‘dirmaydi. O‘zbek adabiy tilining hozirgi davri uchun garchi singarmonizm amal
qilmasa-da, lekin o‘zbek shevalarida saqlanib kelayotganligi deyarli barcha
shevashunos olimlar tomonidan e’tirof etiladi. Shu bilan birga, qatorga ko‘ra
zidlanishni o‘zida saqlab kelayotgan o‘zbek shevalarida bir o‘rinda qator bo‘yicha
korrelyatlarning o‘zaro almashinib ma’no farqlashi mavjudligi qatorni unlilar uchun
1
Абдуазизов А.А. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси. –Б.36.
2
Абдуазизов А.А. Ўша асар, ўша бет.
3
Решетов В.В. Ўша асар. -С. 116.
4
Абдуллаев Ф.А. Фонетика хорезмских говоров. -Ташкент: Фан, 1967 . -С. 41.
5
Умаров Э. Ўзбек тилида тил олди товушлари борми?//Ўзбек тили ва адабиёти, - № 4,5,6,1994 -Б.77-78
6
Умаров Э. Ҳозирги ўзбек адабий тилида унлиларни таснифлаш масаласига доир. //Ўзбек тили ва адабиёти. -№2, 1995. –
Б.52-53.
19
farqlovchi belgi sifatida ajratishga imkon beradi. Masalan, Andijon shevasida