25
qatordagi har bir fonemaga old qator fonemasi muvofiq keladi:
а, о, у, i
orqa qator
unlilari
ä, ö, ÿ, ï
old qator unlilari bilan zidlanadi va bu
zidlik fonologik qimmatga
ega bo‘ladi.
Turkiy tillarning ko‘pchiligiga xos bo‘lgan unlilarning yuqoridagi kabi qatorga
ko‘ra zidlanishi hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun xos emas. Bu esa o‘zbek tilining
turkiy tillar sistemasida o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
O‘zbek tilidagi bu o‘ziga xos xususiyat singarmonizm qonuniyatlarining
buzilishi, old qator unlilari bilan orqa qator unlilarining qator belgisiga ko‘ra
zidlanishi mo‘’tadillashib, sakkizta unlining to‘rtta
unliga kelib qolishi bilan
bog‘liqdir. O‘zbek tilidagi bu jarayonning qanday sabablarga ko‘ra ro‘y bergani
haqida
Ye.D.Polivanov,
A.K.Borovkov,
A.M.Shcherbak,
V.V.Reshetov,
N.A.Baskakov, F.A.Abdullaev, Sh.Sh.Shoabdurahmonovlar
tomonidan turlicha
fikrlar aytilgan. Bu fikrlarga A.M.Shcherbak, F.A.Abdullaev, A.A.Abduazizov
tomonidan munosib baho ham berilgan. Shuning uchun ham biz bu yerda ularni
batafsil sharhlab o‘tirishni ortiqcha deb bilamiz. Lekin shuni ta’kidlash joizki,
unlilarning qator belgisiga ko‘ra zidlanishining neytralizatsiyasi hozirgi o‘zbek
tilining faqat Toshkent dialekti uchun xosdir. Toshkent
dialektidagi ana shu ikki
belgiga ko‘ra unlilarning zidlanishi adabiy tilga asos qilib olingan. Boshqa barcha
shevalarda
uch belgili zidlanish uchraydi, ya’ni qator belgisi ham zidlanish uchun
asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Masalan, Andijon, Marg‘ilon, qo‘qon, Namangan, O‘sh
shevalarida
Dostları ilə paylaş: