30
Xususan, lab undoshlaridan b-p zidligida jarangli-jarangsizlik belgisi fonologik
muhim belgi bo‘lsa, b-m zidligida sonorlik-sonor emaslik belgisi, b-f, b-v zidligida
esa portlovchilik-sirg‘aluvchilik,
shuningdek, labiallik va labiodentallik belgilari
fonologik muhim belgilar hisoblanadi.
Til oldi undoshlari til uchining tishga tegishi natijasida hosil bo‘lish belgisiga
ko‘ra umumiylikni tashkil etadi. Shuning uchun ular bir paradigmaga birlashadi.
Ayni paytda bu paradigma a’zolarining boshqa paradigma a’zolari
bilan
zidlanishida til oldilik belgisi farqlovchi, fonologik muhim belgiga aylanadi.
Til o‘rta undoshlari til o‘rtalik belgisiga ko‘ra bir paradigmani hosil qiladi.
Demak, ularning bir paradigmaga birlashuvida ana shu belgi fonologik muhim belgi
sanaladi.
Til orqa (uvulyar) undoshlari til orqasida paydo bo‘lish belgisiga ko‘ra bir
paradigmani tashkil etadi. Demak, bu belgi ushbu paradigma a’zolari
uchun
birlashtiruvchi (integral) belgi vazifasini bajaradi. Shuning uchun u har bir paradigma
a’zosida takrorlanadi. Chunonchi k, g, ng, q, g‘, x undoshlari ana shu belgiga ko‘ra
birlashadilar.
Bu paradigma uchun papradigma hosil qilish vazifasini bajaruvchi va integral
belgi sanaluvchi til orqalik belgisi ularning boshqa paradigma a’zolari bilan
zidlanishida farqlovchi belgi vazifasini bajaradi.
Faqat bir fonema (h) faringallik belgisiga ko‘ra boshqa undosh fonemalarga
zidlanadi. Bu esa faringallik belgisining ham undoshlar uchun fonologik muhim belgi
ekanligini ko‘rsatadi.
Yuqoridagilardan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, hozirgi o‘zbek
adabiy tilidagi
undosh fonemalar zidlanishida o‘rin belgisiga ko‘ra lab, til oldilik, til o‘rtalik, til
orqalik, uvulyarlik, faringallik belgilari fonologik muhim belgilar sanaladi.
Dostları ilə paylaş: