D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


Paydo bo‘lish usuli belgisi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/88
tarix18.11.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#132945
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

 Paydo bo‘lish usuli belgisi
Undoshlarning paydo bo‘lish usuliga ko‘ra oppozitsiyasi ikki belgiga 
asoslanadi: portlovchilik va sirg‘aluvchilik. 
P, b, t, d, m, n, ng, k, g va q
-
portlovchilar; 
f, v, z, s, sh, l, r, y, x, h, g‘ -
sirg‘aluvchi; 
j
va 
ch-
portlovchi-
sirg‘aluvchilardir. 
ch
va 
j
ham portlovchilar bilan ham sirg‘aluvchilar bilan zidlanib, 
bir qancha farqlovchi belgilarga ega. 
Ko‘rinadiki, paydo bo‘lish usuli belgisi ham undoshlarning muhim fonologik 
belgisi bo‘lib, bu belgiga ko‘ra ular o‘zaro ekvipolent zidlanishga kirishadi. Chunki 
oppozitsiya a’zolarining barchasi «paydo bo‘lish usuli» belgisiga ega. Bu belgiga 
ko‘ra oppozitsiya a’zolari uch kichik paradigmani tashkil etadi: a) portlovchilar; b) 
sirg‘aluvchilar; v) port-lovchi-sirg‘aluvchilar. 
Bunday zidlanuvchi guruhlarning birinchi va ikkinchisi uchun portlash yoki 
sirg‘alish belgisining mavjud yoki mavjud emasligi farqlovchi belgi hisoblanadi va 
bu ikki guruh zidlanishning ikki qutbini tashkil etadi. Zidlanishning chap qutbi 
«portlash» belgisiga ega bo‘lgan undoshlarni, o‘ng qutbi esa «sirg‘alish» belgisiga 
ega bo‘lgan undoshlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, p bilan f, b bilan v, d bilan z, t 
bilan s, k bilan x kabi undoshlar o‘zaro ana shu belgiga ko‘ra zidlanadilar. 


31 
Shu bilan birgalikda, hozirgi o‘zbek adabiy tilida yana shunday undoshlar 
borki, ular yuqoridagi har ikki belgini o‘zida sinkret holda mujassamlaydi. Bunday 
undoshlarga 
ch
va 
j
undoshlari mansubdir. 
Undoshlarning paydo bo‘lish usuliga ko‘ra zidlanishini quyidagicha chizma 
orqali ifodalash mumkin: 
Shunday qilib, «paydo bo‘lish usuli» belgisiga ko‘ra undoshlar bir umumiy 
paradigmaga birlashsa ham, lekin paydo bo‘lish usulining turi belgisi asosida bu 
paradigma a’zolari uch kichik paradigmaga bo‘linadi. Portlovchi-sirg‘aluvchilar 
yuqoridagi ikki paradigma a’zolarining qutbiy zidlanishida oraliq holatni tashkil 
etadi. Oraliq holatdagi undoshlar har ikki qutbiy zidlanish munosabatida bo‘lgan 
paradigma a’zolari uchun xos belgilarni o‘zida ifoda etadi. Ana shunday qorishiq 
belgiga ega bo‘lishi bilan bu paradigma a’zolari qutbiy zidlanishdagi har ikki 
paradigma a’zolari bilan zidlanadi. 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin