chumoli, charx, chaman, chashma, musicha, sichqon, chegara, childirma
va h.k.
T
– til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh. Jonli tilda ayrim so‘zlarning oxirida
tushishi mumkin, masalan:
do‘st < do‘s, daraxt < darax, to‘rt < to‘r, musht < mush
va shu k. T so‘zning barcha bo‘g‘inlarida qo‘llanilishi mumkin:
tomosha, tom, tugma,
tentak, xushtak, mushtak, o‘rtoq, po‘stloq
.
D
– til oldi, portlovchi jarangli tovush. Talaffuzda ayrim fonetik o‘zgarishlarga
uchraydi. Jarangsiz undoshlar bilan yondosh kelganda bir muncha kuchsizlanadi, so‘z
oxirida esa t ga yaqin tovushni beradi, masalan:
ketdi>ketti
ochdi>oshti
murod>murot
masjid>machit
Ayrim so‘zlarning oxirida talaffuzda d tushib qolsa-da, yozuvda saqlanadi.
baland > balan (t)
xursand > xursan (t)
Turkiy tillarda d undoshi ikkilamchidir, chunki u birlamchi t undoshining
jaranglashishi natijasida hosil bo‘lgan. Shuning uchun bir xil so‘zlar ayrim turkiy
tillarda t bilan, boshqalarida esa d bilan ifodalanadi:
tuv, tof. Idik ~ tat. Itek - etik
olt. Odus ~ tur. Otuz - o‘ttiz
oz. Das ~ tat., qum, qirg‘. Tas - tosh
1
va h.k.
Ayrim turkiy tillarda esa d birlamchi b dan hosil bo‘lganligi haqida fikr
bildirilgan. Masalan: tuv, qarang. Adaq ~ tur, olt. Ajaq (<*a aq) ady ~ tur. Ajy (< a
y).
2
1
Тенишев Э.Р. Ўша асар. –Б. 211-212.
2
Тенишев Э.Р. Ўша асар. –Б. 211-212.
36
N
– til oldi, portlovchi, burun sonanti. Sof tilda so‘z boshida faqat so‘roq
olmoshlarida, fe’llarda, sonda va ravishda qo‘llanilgan. Masalan
: nima, nechun,
netay, necha, nari
va h.k. Boshqa pozitsiyalarda n ning qo‘llanilishi cheklanmagan:
ona, mana, sen, kun, qanot, jon
.
Jonli so‘zlashuv tilida lab undoshlari bilan yondosh kelganda m ga o‘tishi
mumkin:
manba>mamba
sunbul>sumbul
o‘n besh>o‘m besh va h.k.
L
– til oldi, sirg’aluvchi, yon sonant:
lab, lola, latta, loy, bola, laylak
. Til oldi
unlilari bilan yondosh kelganda old qator artikulyatsiyaga, til orqa unlilar bilan
qo‘llanilganda esa orqa qator artikulyatsiyaga ega bo‘ladi. Masalan:
bilim, kel, sol,
kul, hil-hil; qo‘l, qil, qiliq, quloq.
R
– til oldi, sirg’aluvchi, titroq sonant. Turkshunos olimlarning ta’kidlashicha,
turkiy tillardagi r ning artikulyatsiyasi rus tilidagi r ga nisbatan past.
E.R.Tenishev salar tilida r dan tashqari xitoycha shovqinli r borligini yozadi.
Bunda r-z o‘xshash talaffuz etiladi. Masalan tiru [tirzu ]-chuqur.
O‘zbek tilida r ni so‘zning barcha bo‘g‘inlarida uchratish mumkin:
Rashid,
Gulnora, mardikor, oshkor, mirishkor
va h.k.
Y
– til o‘rta, sirg‘aluvchi, sonor tovush. Eski o‘zbek tilida y yondosh
tovushlarga ta’sir etib, ularning palatallashishiga olib kelgan. Y so‘zning barcha
pozitsiyalarida kela oladi. Masalan,
yo‘ldosh, oy, yo‘l, kuyla, sayyora, maysa,
yo‘rg‘a, kelay
va b.
O‘zbek tilida k, g, ng, q, g‘, x til orqa undoshlaridir. Bunda k, g, ng tovushlari
bir oz old artikulyatsiyaga, q, g‘, x esa bir muncha orqa artikulyatsiyaga ega. Shunga
ko‘ra q, g‘, x undoshlari chuqur til orqa tovushlar deb ataladi.
K
– til orqa, jarangsiz, portlovchi undosh. So‘zning barcha bo‘g‘inlarida
uchraydi:
kaklik, kiyik, kuyov, katta, ketdi, kelin, maktab, terak
. Jonli tilda turli
variantlarga ega.
Ayrim turkiy tillarda intervokal holatda k jaranglashadi, masalan: sol, tur.
Ekinzi (ekuvchi) ~ qoz. eginsi, tat. Ig nc
oz. akiz (egizak) ~ qoz. egiz.
1
Demak, o‘zbek tilining egiz (egizak) so‘zidagi g undoshi ham birlamchi k ning
jaranglashishi natijasida hosil bo‘lgan.
Ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning oxiriga egalik affikslari qo‘shilganda k < g ga
o‘tadi:
elak > elagi
chelak > chelaging
terak > teragimiz
Ishtirok so‘zi bundan mustasno: ishtirok-ishtiroki. Bir bo‘g‘inli so‘zlarda esa k
o‘zi saqlanadi:
chok > choki
tok > tokingiz.
1
Тенишев Э.Р. Саларский язык. М: Вост.литер., 1963. –С.14.
37
G
– til orqa, jarangli, portlovchi undosh. So‘z oxirida g jarangsizlashib, k
shaklida talaffuz etiladi, lekin yozuvda g saqlanadi:
gul, gilos, bilag > bilak, barg >
bark
. Barg so‘ziga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi qo‘shilganda jarangsiz k
saqlanadi: Barg - barkka.
G turkiy tillarda ikkilamchi tovushdir. U k tovushining kuchsizlanib,
jaranglashishi natijasida hosil bo‘lgan.
Ng
– til orqa, sonor undosh bo‘lib, so‘z boshida kela olmaydi. Ayrim so‘zlarda
qismlarga ajratilgan holda talaffuz etiladi:
singil [c’ng’l]
yangi [yeng’]
O‘zlashgan so‘zlarda esa birikma sifatida qabul qilinadi:
tangens, ingliz tili,
kongres.
Q
– chuqur til orqa, portlovchi, jarangsiz undosh: qish, qush, qiz, qalam, quloq,
bayroq, o‘toq, o‘roq.
Ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga egalik affikslari qo‘shilganda q > g‘ ga o‘tadi:
o‘rtoq > o‘rtog‘im
o‘roq > o‘rog‘i
qishloq > qishlog‘i
bayroq > bayrog‘i
Ittifoq so‘zi bundan mustasno.
Bir bo‘g‘inli so‘zlarda bunday o‘zgarishlar sezilmaydi. Lekin ayrim so‘zlarda,
masalan, yoq (tomon) va yo‘q so‘zlarida q>g‘ ga o‘tadi.
Bir yog‘i uzumzor, bir yog‘i mevazor.
Bor-yo‘g‘idan ayrildi kabi.
X
– fonemasi chuqur til orqa q ning spirantidir:
xabar, xat, xizmat, xirmon,
no‘xat, yaxshi
. X fonemasi asosan o‘zlashgan so‘zlar tarkibida uchraydi.
Q‘
– chuqur til orqa, jarangli, sirg’aluvchi:
g‘azab, g‘alaba, g‘ayrat, g‘o‘za,
tog‘, bog‘, sog‘lom, sog‘inch
.
Bog‘, tog‘
kabi so‘zlarga jo‘nalish kelishigi
qo‘shimchasi qo‘shilganda, g‘ > q ga o‘tadi va yozuvda ham saqlanadi:
bog‘ > boqqa
tog‘ > toqqa
Dostları ilə paylaş: |