D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/88
tarix18.11.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#132945
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

halqasimon tog`ay, ikki 
piramidasimon tog`ay va qalqonsimon tog`aylar 
joylashgan. Halqasimon va 
qalqonsimon tog`aylar tovush paychalarining harakatlarini boshqarib turadi. Nutq 
apparatining o`rta qismida joylashgan tovush paychalari nomi bilan yuritiladigan 
elastik muskullar va bu muskullarni harakatga keltiruvchi tog`aylar nutq tovushlarini 
hosil qilishda muhim ahamiyatga ega. Ovoz nutq apparatining o’rta qismida 
(hiqildoqda), nafas yo’lida paydo bo’ladi. Elastik muskullardan iborat bo’lgan tovush 
paychalarining yuqoridagi qismi qalqonsimon kemirchakka, quyi qismi esa 
halqasimon kemirchakka yopishgan piramida shaklidagi cho’michsimon ikki 
kemirchakka bo’g’langan. Shu kemirchaklarning yordami bilan tovush paychalari 
harakatga keladi.Hiqildoqda ko’ndalang turgan tovush paychalarini goh ochiladi, goh 
yopiladi. Tovush paychalari oralig’ining torayishi va o’pkadan chiqqan nafasning 
tovush paychalarini titratishi, tebratishi natijasida ohangdr tovushlar yuzaga keladi. 
Nutq apparatining u ch i n ch i qismiga 
bo`g`iz va tomoq, og`iz va burun 
bo`shliqlari, til va tanglay, lab va tish, hiqildoq
 
kabilar kiradi. Bular turli tovushlarni 
vujudga keltirish bilan birga, shovqin, tovush va ovozni kuchaytirish, qo`shincha 
ranglar hosil qilish kabi xususiyatlarga ega. Tomoq, shuningdek, og`iz va burun 
bo`shliqlari tovushni kuchaytirib beruvchi rezonatorlik vazifasini bajaradi. 
Og`iz bo`shlig`I yuqori tomondan qattiq va yumshoq tanglay, pastdan jag` 
bilan til osti o`rtasida joylashgan muskul, yon tomondan lunjjar bilan chegaralanib 
turadi. Og`iz bo`shlig`ining pastida til va uning negizi, tubi, tilning orqa, o`rta va old 
qismlari, pastki qator tishlari, so`ngra ostki lab joylashgan. Og`iz bo`shlig`ining 
yuqorisida kichik til, yumshoq tanglay, tanglay va uning old qismi, yuqori qator 
tishlar va ustki lab joylashgan. 
Agar yumshoq tanglay yuqori tortilib, kichik til orqaga surilsa hamda tomoqqa 
taqalsa, burun bo`shlig`iga o`tadigan havo yo`li to`siladi va nafasning og`iz 
bo`shlig`idan o`tishi natijasida og`iz tovushlari paydo bo`ladi. 
Yumshoq tanglay pastga tushirilib, kichik tiloldinga surilsa, og`iz bo`shlig`idan 
o`tadigan havo yo`li to`siladi, nafas burum bo`shlig`idan o`tadi va burun tovushlari 
hosil bo`ladi. 
Nutq apparatining yuqori qismi – hiqildoqning etagi, bo’g’iz va tomoq, og’iz 
va burun bo’shliqlari,til va tanglay, lab va tish asosiy nutq o’rganlari bo’lib, bu 
organlar nutq tovushlarining rang-barang turlarini vujudga keltiradi. 


67 
Shunday qilib, diafragma, o’pka, bronx va traxeya havo o’tkazuvchi manbalar 
ekan. Ulardan o’tgan havo oqimi nutq tovushlarini hosil qilishda harakatlantiruvchi 
sifatida xizmat qiladi. Hiqildoq ovoz paydo bo’ladigan manba hisoblanadi. Tomoq, 
og’iz va burun bo’shliqlari esa oberton va rezanatortonlar manbaidir. Og’iz 
bo’shlig’idagi organlarning siqilishi va bir-biriga yaqinlashuvi natijasida turlicha 
shovqinlar hosil bo’ladi. 
Ko‘krak qafasi qobirg‘a, o‘pka, kekirdakdan iborat.O‘pkadan chiqqan havo 
kekirdak orqali og‘iz bo‘shlig‘iga kelib, turli to‘siqlarga uchraydi. 
Tovush paychalari tomoqda kekirdak yuqorisida joylashgan mayda lastik 
muskulchalardan iborat. Tovush paychalari unli tovush hosil qilishda harakatga 
keladi. Tovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra undoshlar ham ikkiga bo‘linadi. 
Tovush paychalari harakatga kelib taranglashganda va ular oralig‘i bir-biidan 
uzoqlashganda, jarangli undoshlar hosil bo‘ladi. Tovush paychalari harakat qilmasa, 
jarangsiz undoshlar hosil bo‘ladi. 
Kichik til chuqur til orqa va burun tovushlarini hosil qilishda qatnashadi. 
Og‘iz bo‘shlig‘i hajm va shakl jihatdan har xil tusga kira oladi. Bunda til 
harakati bilan pastki jag‘ harakati muhim rol o‘ynaydi. Og‘iz bo‘shlig‘i umuman 
tovush hosil qilishda bosh rezanatorlik vazifasini bajaradi. 
Til og‘iz bo‘shlig‘idagi eng harakatchan nutq organidir. Tilning harakati va 
holatiga ko‘ra unlilar tor, o‘rta va keng fonemalarga bo‘linadi. 
Pastki jag‘ harakatchan nutq organlaridan biridir. Uning harakati natijasida 
og‘iz bo‘shlig‘i turli hajm va shaklga ega bo‘ladi. Unlilar tasnifida tor, o‘rta, keng 
unlilarning farqlanishida tilning ko‘tarilishi va tushish darajasi ham muhim rol 
o‘ynaydi. 
Tish passiv nutq organidir. Tish til oldi, tish va lab-tish tovushlarini hosil 
qilishda ishtirok etadi. 
Lab lablashgan tovushlarni, shuningdek, ba’zi portlovchi tovushlarni hosil 
qilishda faol ishtirok etadi. 
Burun passiv nutq organidir. U tovush hosil qilishda qo‘shimcha rezonans 
vazifasini bajaradi. O‘pkadan kekirdak orqali kelayotgan havo oqimining bir qismi 
kichik til orqali boshqarilib, burun bo‘shlig‘i yo‘li bilan tashqariga chiqadi, natijada 
tovush tembrida qo‘shimchcha ohang hosil bo‘ladi. Lekin bunday vaqtda ham 
havoning (ohangning) asosiy qismi asosiy rezonator bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘i orqali 
tashqariga chiqadi. 
Yozuv sistemasida bir nutq tovushining emas, balki nutq tovushlaridan 
ikkitasining birikmasini ifodalaydigan ye, yo, yu, ya kabi shakllar kirill yozuvida 
qo‘llanadi. Bu shakllar grafema deb ataladi. Grafemalarning birinchi elementi til o‘rta 
y undoshi va ikkinchi elementi e, o, u, a unlilarining birisidan iboratdir. 
Lotin yozuviga asoslangan yozuvda esa bir tovushni ikki shakl orqali 
ifodalanish hodisasi mavjud. Ularni harflar birikmasi deb nomlashadi. Bular: ng, ch, 
sh harfiy birikmalaridir. Ng n g harflar birikmasi 
yangi, ko‘ngil, dengiz, singil, keling, 
bordingiz; tong, ming, teng 
kabi so‘zlarda til orqa ovozdor burun tovushini ifodalash 
uchun yoziladi. Ch ch harflar birikmasi 
choy, chevar, chiroyli, chaman; achchiq, 
uchun, bichiqchi; kuch, kech 
kabi so‘zlarda til oldi jarangsiz qorishiq undoshni 
ifodalash uchun yoziladi. Sh sh harflar birikmasi 
shahar, shisha, shodlik, ish, pishiq; 


68 
bosh, tosh 
kabi so‘zlarda til oldi jarangsiz sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun 
yoziladi. 
Orfografik belgilar hech qanday tovushni bildirmaydi, bular ma’lum orfografik 
vazifalarnigina bajaradi. Kirill yozuvida orfografik belgilarni ‘, belgilari tashkil qilsa, 
lotin yoviga asoslangan o‘zbek yozuvida orfografik belgiga tutuq (‘) belgisi kiradi. 
Tutuq belgisi ikki vazifani bajaradi. Birinchisi, 
a’lo, ba’zan, ma’yus, ta’zim; ra’y, 
ta’b; e’lon, e’tibor, e’tiqod, me’mor, ne’mat, she’r, fe’l; Nu’mon, shu’la 
kabi 
o‘zlashma so‘zlarda unlidan keyin shu unli tovushning choziqroq aytilishini ifodalash 
uchun qo‘yiladi; 
mo‘’jiza, mo‘’tadil, mo‘tabar 
kabi so‘zlarda o‘ unlisi choziqroq 
aytilsa ham, tutuq belgisi qo‘yilmaydi. Ikkinchisi, 
in’om, sa’nat, qat’iy, mas’ul 
kabi 
o‘zlashma so‘zlarda unlidan oldin shu unli oldingi undosh tovushdan ajratib 
aytilishini ifodalash uchun qo‘yiladi. 
Tutuq belgisi bu asosiy ikki vazifadan tashqari yana

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin