95
Singarmonizmning undoshlarga ta’siri, asosan assimilyatsiya hodisasi tarzida yuz
beradi. Lekin unlilar bilan undoshlarning moslashishida ba’zi bir farqlar ham bor.
Masalan, unlilar garmoniyasida so‘z boshidagi nlilarga so‘z
oxiridagi unlilar
moslashadi, undoshlar garmoniyasida esa affikslardagi birinchi undosh so‘z
boshidagi undoshga emas, balki o‘zakning oxiridagiga moslashadi.
Undoshlarning
moslashuvi jaranglashuv, jarangsizlashuv, burun tovushining ta’siriga uchrash,
lablashish va shu singari tomonlardan bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, ba’zan
singarmonizm doirasida regressiv assimilyatsiya hodisasi ham yuz beradi:
qatnadi
˃
qannadi.
Ana shuning uchun ham singarmonizmli shevalarda morfologik
qo‘shimchalar variantlarning bir qismi affiksdagi unlilarning o‘zakdagi unlilarga
lablashish (yoki palatal garmoniyasi) jihatdan moslashuvi
natijasida yuzaga kelgan
bo‘lsa, o‘sha variantlarning boshqa bir qismi affikslardagi undoshlarning o‘zaklardagi
undoshlarga moslashishi natijasida yuzaga kelgandir. Masalan,
keldi
va
ketti
so‘zlarining har ikkisida ham o‘zakdagi va affikslardagi unlilar til oldi bo‘lganligi
sababli bu so‘zlar palatal garmoniyasining yumshoq variantiga misol bo‘la oladi.
Lekin bulardagi affikslar har xil variantlardagi affikslardir. Bunga unlilarning
moslashuvi emas, balki undoshlarning moslashuvi sabab bo‘lgan. Haqiqatan ham,
kel
so‘zining
oxiridagi
l
undoshi jarangli undoshdir. Shuning uchun ham affiksdagi
undosh jaranglilashgan.
Ket
so‘zining oxiridagi undosh jarangsiz bo‘lgani sababli,
shu so‘zga qo‘shilgan affiksdagi
undosh ham unga moslashib, jarangsizlashgan.
Masalan,
qullik, borlik, hurlik, enlik
. Lekin singarmonizm qonuniga muvofiq
unlilarningtuyg‘unligi (moslashuvi) undoshlarning
moslashuviga nisbatan hal
qiluvchi rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham ba’zi so‘zlarda affiksdagi tovushlar
o‘zakdagi tovushlarga til oldi yoki til orqalik nuqtai
nazardan moslashuvi shart
bo‘lgani holda jaranglilik yoki jarangsizlik nuqtai nazaridan moslashishi uncha shart
bo‘lmaydi. Masalan,
tiklash, buklash, tinchlik
kabi.
Dostları ilə paylaş: