Aksentema
- urg‘u.
Allofroniya
(yun. allo “boshqacha”, tronos “o‘ylamoq, sezmoq”) – 1) ziddiyat,
qarama – qarshilik; 2) lisoniy birliklardagi har qanday siljishlar lisoniy birlik va
uning ma’nolari o‘rtasidagi o‘zgarishlar mantiqdagi ziddiyat terminini lingvistik
korrolyati. Masalan, besoqol, soqolsiz ma’nosi bilan birga “bachcha” ma’nosini ham
ifodalaydi. Metafora, metonimiya, aksyumoron, enontiosemiya kabilar A.ning
ko‘rinishlaridir.
Antropofonik
- akustik-artikulyatsion xususiyatlarining oddiy umumlashmasi.
A
pakopa
- fors-tojik hamda rus tili orqali o‘tgan bir qator olinmalarning oxirgi
bo‘g‘inida ikki va undan ortiq undoshlar qator kelishlari mumkin. Lekin bir bo‘g‘inda
kelgan bu undoshlar og‘zaki nutqda turkiy tillarning fonetik qonuniyatlariga
moslashtiriladi va bir undosh tushirib qoldiriladi. Masalan, go‘sht-go‘sh, g‘isht-g’ish,
barg-bak, vaqt-vaq va boshq.)
Artikulyatsion baza
ma’lum bir tilga xos bo‘lgan nutq tovushlarini hosil
qilishga muvofiqlashgan nutq apparati. Tovush artikulyatsiyasida uch holat bo‘ladi:
Ekskursiya
tovush artikulsiyasining tovush hosil qilishga o‘tish holati.
Pauza
tovush
artikulyatsiyasining tovush chiqarish uchun pauza qilish (to‘xtab olish) holati.
Rekursiya
artikulyatsion bazaning asl holiga qaytish holati.
Artikulyatsiya usuli
- tovush hosil qilish paytida ikki organning bir-biri bilan
jipslashishi yoki jipslashmay, oradan havoning o‘tib ketishi uchun bo‘shliq qolishi.
Artikulyatsiya o‘rni
- tovush hosil qilishda nutq organlarining ishtirok etgan
qismi.
Artofroniya
(yun. ortos “to‘g‘ri”, tronos “o‘ylamoq, sezmoq”) – 1)
ziddiyatsizlik 2) lisoniy birliklarning to‘g‘ri ma’noda qo‘llanishi. Allofroniyaning (q.)
ziddi.
Assimilyatsiya
turkiy tillarda, xususan, o‘zbek tilida keng tarqalgan hodisa
bo‘lib, nutqning moddiy zanjirida, ya’ni tovushlar ketma-ketligida ma’lum bir
belgiga ko’ra ikkita noo‘xshash undoshning so‘zlovchining talaffuz qulayligiga
intilishi tufayli o‘xshash undoshga aylantirilishidir. Ko‘rinadiki, muayyan leksema
tarkibida ma’lum belgi asosida zidlanuvchi ikki undosh talaffuz noqulayligini
bartaraf qilish harakati tufayli zidlanish belgisini yo‘qotadi, bir xil undoshlarga
aylanadi. Natijada leksemaning og‘zaki so‘zlashuv varianti – uslubiy varianti
maydonga keladi. Masalan, tarnov- tannov, shirmoy non- shirmonnon, badtar- battar
kabi.
Artofroniya
(yun. ortos “to‘g‘ri”, tronos “o‘ylamoq, sezmoq”) – 1)
ziddiyatsizlik 2) lisoniy birliklarning to‘g‘ri ma’noda qo‘llanishi. Allofroniyaning (q.)
ziddi.
|