D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/88
tarix18.11.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#132945
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

Nazallik belgisi
– Nazallik lotincha «burunga oid» ma’nosini ifodalaydi. Bu 
belgi bo‘lgan unlilarda tanglay pardasining tushishi va havo oqimining bir vaqtda 
og‘iz va burun bo‘shlig‘idan o‘tishi natijasida tovush burun tembriga ega bo‘ladi. 
Buning natijasida og‘iz unlisi burun unlisiga aylanadi. 
Nodifferensial belgilar
– farqlanmaydigan belgilar. 
Nutq apparati
nutq tovushlari hosil bo‘lishda ishtirok etuvchi nutq 
organlarining yig‘indisi.
 
Palatal – 
ingichka yoki yumshoq belgisi, tilning o‘rta qismining qattiq tanglay 
(palatum)ga ko‘tarilishi natijasida yuzaga keladi, ya’ni undosh fonemalar old qator 
unlilari bilan kelganda ingichka, yumshoq talaffuz qilinadi. 
Pauza
– to‘xtash, nutq jarayonida fonatsiyaning to‘xtalishi. 
Paydo bo’lish usuliga 
ko‘ra undoshlarning oppozitsiyasi ikki belgiga 
asoslanadi: portlovchilik va sirg’aluvchilik. 
P, b, t, d, m, n, ng, k, g va q
-
portlovchilar; 
f, v, z, s, sh, l, r, y, x, h -
sirg’aluvchi; 
j
va 
ch-
portlovchi-
sirg’aluvchilardir. 
ch
va 
j
ham portlovchilar bilan ham sirg‘aluvchilar bilan zidlanib, 
bir qancha farqlovchi belgilarga ega. 
Pertseptiv funksiya
–anglash funksiyasi, bu funksiyani leksik urg‘u bajaradi. 
Polisillabik so‘zlar
– ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar. 
Proteza - fonetik moslashtirish. 
So‘z boshida tovushlar mosligi natijasida 
leksema variantlarining ortishi muammosi dastlab Mahmud qoshg‘ariy tomonidan 
bayon qilingan edi. Xususan, u qipchoq, o‘g‘uz tillarini hoqonicha turkcha tilga 
qiyoslar ekan, hoqonicha turkcha leksemalar boshidagi [y] undoshi qipchoq tillarida 
doimo [j] ga, o‘g‘uz tillarida esa nolga aylanishini bayon qiladi. Masalan, turkcha 
jinji, qipchoqcha jinji, o‘g‘uzcha inji.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin