1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon davlat universiteti
D.A.Nabiyeva, H.R.Zokirova
O‘ZBEK TILI
FONETIKASI
O‘QUV-USLUBIY QO‘LLANMA
A N D I J O N - 2 0 1 6
2
Taqrizchilar:
Sh.Shahobiddinova – filologiya fanlari doktori, professor.
U. Rahimov
– filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Mas’ul muharrir:
Z.Qodirov – filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil
6-aprel 137-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 5120100
–
filologiya va tillarni o‘qitish
(o‘zbek filologiyasi) ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasi va Hozirgi o‘zbek
tili faning
namunaviy dasturi asosida yozilgan bo‘lib, unda nazariy fonetika masalalari
yoritilgan.
Mazkur qo‘llanma oliy o‘quv yurti filologiya fakultetining birinchi bosqich
talabalariga hamda fonetikaning nazariy masalalarini o‘rganuvchi
barcha
qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
Mazkur qo‘llanma ADU o‘zbek tilshunosligi kafedrasining yig‘ilishida (2015
yil 12-may, 3-raqamli bayonnoma), ADU Ilmiy-metodik kengashi yig‘ilishida (2015-
yil 26-noyabr, 3-raqamli bayonnoma) muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan.
3
SO‘Z BOSHI
Prezidentimiz I.A.Karimov: “Ilmu fan sohasidagi harakatlarimiz ham, ilmiy
ishlarimiz va yutuqlarimiz ham dunyodagi eng ilg‘or mezonlar bilan o‘lchanishi lozim”
1
, -
degan edilar. Bu fikr o‘zbek tilshunosligi uchun ham bevosita dahldordir.
Respublikamizda yuz berayotgan o‘zgarishlar yosh avlodning har tomonlama mukammal
bilimga ega bo‘lishini talab etadi. Shu maqsadda darslik va qo‘llanmalar
yangidan
yaratilmoqda,
zamon
talablariga
hamda
o‘quvchilarning
bilim
darajasiga
muvofiqlashtirilmoqda. Ayniqsa, yosh avlodning o‘zbek tili hamda xorijiy tillar yuzasidan
egallagan bilim ko‘nikmalarini mukammallashtirishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Avvalo,
shuni ta’kidlash kerakki, har qanday chet tilini o‘rganish ona tilining fonetik, leksik va
grammatik xususiyatlarini chuqur o‘zlashtirish asosida amalga oshiriladi.
Hozirgi o‘zbek tilshunosligi jahon tilshunosligi qo‘lga kiritgan eng yangi yutuqlarni
e’tiborga olmog‘i lozim. Shu sababli qo‘llanmada hozirgi o‘zbek
tili fonetikasining
nazariy masalalari, jumladan, fonologik sath birliklarida
umumiylik va xususiylik
dialektikasining aks etishi, jahon tilshunosligi maktablarida fonema nazariyasi,
o‘zbek tilshunosligida
fonologik qarashlar, o‘zbek tilining unlilar va undoshlar
sistemasi, ularning farqlovchi va qo‘shimcha belgilari,
paradigmatik tavsifi hamda
sintagmatik munosabatlari kabi masalalar haqida fikr yuritilgan.
Qo‘llanma amaldagi o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari talablariga mos tarzda
tuzilgan bo‘lib, hozirgi o‘zbek adabiy tili fonetikasining nazariy masalalariga
bag‘ishlangan. Har bir mavzu chuqur yoritilgan bo‘lib,
bu mavzular yuzasidan
tayanch so‘z va iboralar, topshiriq va savollar berilgan. Nazariy fonetikaning tayanch
terminlari lug‘ati (glossariy) tuzilgan. Bu esa talabalarning o‘quv-uslubiy qo‘llanma
bilan ishlashini osonlashtiradi.
Albatta, ushbu qo‘llanmada ayrim munozarali o‘rinlar ham bo‘lishi mumkin.
Mualliflar fikr va mulohazalaringizni ushbu manzilda kutib qoladilar:
Andijon shahri, Universitet ko‘chasi, 129-uy