D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


Undoshlarning asosiy, fonologik muhim belgilari



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/88
tarix18.11.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#132945
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

Undoshlarning asosiy, fonologik muhim belgilari 
 
Paydo bo‘lish o‘rni belgisi 
Undoshlar artikulyatsion tomondan o‘pkadan chiqayotgan havoning nutq 
a’zolarining ma’lum bir o‘rnida to‘siqqa uchrash yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Ana shu 
to‘siqqa uchragan nuqta ularning o‘rin belgisi sanaladi. Undoshlar ana shu belgisiga 
ko‘ra unlilar bilan zidlanadi. Demak, undosh-unli zidlanishida o‘ringa ega bo‘lish-
bo‘lmaslik belgisi fonologik muhim belgi sanaladi. 
Bu belgiga ko‘ra undoshlar bir necha zidlikni tashkil etadi: lab, lab-tish, til 
oldi, til o‘rta, til orqa, uvulyar va faringal undoshlar oppozitsiyasi. 
Lab undoshlari labiallik belgisiga ko‘ra bir sinfni, bir paradigmani tashkil etadi. 
Demak, bunday undoshlarning barchasini bir paradigmaga birlashtiruvchi belgi lab 
belgisidir. Shu bilan birga bu belgi asosida bir paradigmaga birlashgan har bir a’zo 
boshqasida o‘ziga xos farqlovchi belgisi bilan ajralib turadi. 
1
Дмитриенко С.Н. Фонемы русского языка. -М.: Наука, 1985. -С.20
2
Нурмонов А. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси. –Б.19.
3
Буланин Л.Л. Фонетика современного русского языка. -М.:Высш шк., 1970. -С.51.
4
Нурмонов А. Ўша асар. –20-б.
5
Шчербак А.М. Сравнительная фонетика тюркских языков. -Л.: Наука. 1970. -С.78.


30 
Xususan, lab undoshlaridan b-p zidligida jarangli-jarangsizlik belgisi fonologik 
muhim belgi bo‘lsa, b-m zidligida sonorlik-sonor emaslik belgisi, b-f, b-v zidligida 
esa portlovchilik-sirg‘aluvchilik, shuningdek, labiallik va labiodentallik belgilari 
fonologik muhim belgilar hisoblanadi. 
Til oldi undoshlari til uchining tishga tegishi natijasida hosil bo‘lish belgisiga 
ko‘ra umumiylikni tashkil etadi. Shuning uchun ular bir paradigmaga birlashadi. 
Ayni paytda bu paradigma a’zolarining boshqa paradigma a’zolari bilan 
zidlanishida til oldilik belgisi farqlovchi, fonologik muhim belgiga aylanadi. 
Til o‘rta undoshlari til o‘rtalik belgisiga ko‘ra bir paradigmani hosil qiladi. 
Demak, ularning bir paradigmaga birlashuvida ana shu belgi fonologik muhim belgi 
sanaladi. 
Til orqa (uvulyar) undoshlari til orqasida paydo bo‘lish belgisiga ko‘ra bir 
paradigmani tashkil etadi. Demak, bu belgi ushbu paradigma a’zolari uchun 
birlashtiruvchi (integral) belgi vazifasini bajaradi. Shuning uchun u har bir paradigma 
a’zosida takrorlanadi. Chunonchi k, g, ng, q, g‘, x undoshlari ana shu belgiga ko‘ra 
birlashadilar. 
Bu paradigma uchun papradigma hosil qilish vazifasini bajaruvchi va integral 
belgi sanaluvchi til orqalik belgisi ularning boshqa paradigma a’zolari bilan 
zidlanishida farqlovchi belgi vazifasini bajaradi. 
Faqat bir fonema (h) faringallik belgisiga ko‘ra boshqa undosh fonemalarga 
zidlanadi. Bu esa faringallik belgisining ham undoshlar uchun fonologik muhim belgi 
ekanligini ko‘rsatadi. 
Yuqoridagilardan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi 
undosh fonemalar zidlanishida o‘rin belgisiga ko‘ra lab, til oldilik, til o‘rtalik, til 
orqalik, uvulyarlik, faringallik belgilari fonologik muhim belgilar sanaladi. 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin