Savollar
1. Fonologik muhim zidlanishlarni izohlang.
2. Privativ zidlanishni aytib bering.
3. Ajratilgan zidlanish deganda qanday zidlanishni tushunasiz?
4. Korrelyativ belgi qaysi zidlanishga asos bo‘ladi?
5. Ekvipolent zidlanishni tushuntiring.
6. Gradual zidlanishga misollar keltiring.
7. Fonologik zidlanishlarning a’zo miqdoriga ko‘ra turlariga misollar keltirib
izohlab bering.
Tayanch termin va iboralar.
Fonologik muhim belgilar, korrelyatia belgi,differensial belgi, farqlash va
zidlash tushunchasi, distinktiv funksiya, ma’no farqlovchi va ma’no farqlqmaydigan
oppozitsiyalar, gradual oppozitsiya, privativ oppozitsiya, ekvipolent oppozitsiya,
ajratilgan oppozitsiya, binar oppozitsiya, tenar oppozitsiya, ko‘p a’zoli oppozitsiya,
umumiylik va xususiylik.
AKUSTIKA VA ARTIKULYATSIYA
Reja:
1.
Akustika va fonetika.
2.
Akustik hodisalar va tushunchalar.
3.
Tovushlar artikulyatsiyasi.
Fizikaning akustika bo`limi tilshunoslikning fonetika bo`limi bilan
chambarchas aloqadadir. Tovushning eshitilishi haqida biror tushuncha hosil qilish
uchun , bir oz bo‘lsa-da, akustikadan xabardor bo‘lish kerak.
54
Akustika fani fizikaning tarkibiy qismi bo`lib, tovushning eshitish
xususiyatlarini o`rganadi. Ultra va infrabinafsha tovushlar kashf etilgunga qadar har
qanday tovushni qabul qilish vositasi insonning eshitish organi quloq deb
hisoblangan, shuning uchun fizikaning tovushlarni o`rganluvchi sohasi akustika
(yunoncha
eshitish
so`zidan olingan) deb yuritilgan. Tovush to`lqinlarining vujudga
kelishi va tarqalishi bilan bog`liq hodisalarni akustik hodisalar deb yuritiladi.
Tovushlarning tarqalish tezligi eksperimental (tajribaviy) metod asosida o`rganlish
yo`lga qo`yilishi bilan akustika sohasi taraqqiyotida katta o`zgarish sodir bo`ldi. XVII
asrga kelib fizik olimlar havoda tovush to`lqinlarining tezligini o`lchash bilan
aloqador dastlabki tajribalarni o`tkazdilar (masalan: to`pdan o`q otilganda yorug`lik
chaqnagan payt bilan o`sha tovush yetib kelgan payt orasidagi vaqtni aniqlashga
harakat qilingan).
Hozirgi paytda tovushning havodagi tezligi normal sharoitda 331 m/sekundga
tengligi asboblar yordamida aniqlangan. Shuningdek, olimlar suvda tovush tezligi
1500 m/s, po`latda esa 6000 m/s ekanligini o`lchov asboblari yordamida ma'lum
bo`lgan.
Asosiy akustik tushunchalar qatoriga tovushning balandligi, tovush bosimi,
tovush kuchi, tovush tembri, akustik rezonans kabilar kiradi. Inson o`zining
eshitishiga qarab har qanday tovushning balandlik darajasini aniqlaydi. Odam
quloqidagi pardaga tovush toʻlqinining ta'sir kuchi tovush bosimi deb yuritiladi. Gaz
yoki suyuklikdan tovush toʻlqini o`tganda vujudga keladigan qo`shimcha bosim
tovush bosimi sanaladi. Odam qulogʻining tovushni sezish bilan bog`liq eng past
chegara 10-6 PA tovush bosimiga mos keladi, ya'ni normal atmosfera bosimining 10-
10 qismini tashkil etadi. Agar tovush bosimi yuqori chegaraga yetsa (quloqda og`riq
paydo bo`ladi), taxminan 100 PAga teng keladi.
Tovush tebranishlari garmonik tovush bo`yilcha yuz beradi, buni odam qulogʻi
musiqaviy ton sifatida qabul qiladi. Shuni inobatga olish lozimki, yuqori chastotali
tebranishlar yuksak tondagi tebranishlar sifatida, past chastotali tebranishlar esa past
tondagi tovushlar sifatida quloqqa yetib boradi. Yuqori va past tebranishdagi tovush
tebranishlari oralig`idagi masofa oktava deb yuritiladi. Masalan, birinchi oktavaning
"lya" toni 440 gers chastotaga ega bo`lsa, ikkinchi oktavaning "lya" toni 880 gersli
chastotaga mos keladi.
Garmonik qonunga bo`ysunmaydigan tovush tebranishlari ham bor. Ularni
inson tembrga ega bo`lgan murakkab tovush sifatida qabul qiladi. Shuning uchun
ham tonning balandligi bir xil bo`lsa ham, g`ijjak va pianino asboblaridan chiqadigan
tovushlar tembriga ko`ra farq qiladi. Odam quloqi eshitishi mumkin bo`lgan tovush
tebranishlarning chastotasi 20 dan 20000 gersgacha bo`lgan oraliqda ekanligi
aniqlangan. 20 gersdan kam chastotali tebranishlar infraqizil tovushlarni, 20 mingdan
ko`p chastotali tebranishlar esa ultrabinafsha tovushlarni hosil qiladi.
Agar jismning xususiy erkin tebranishlari chastotasi tovush to`lqinining
chastotasi bilan kelsa akustik rezonans hodisasi yuzaga keladi. Masalan, puflab
chalinadigan cholgʻu asboblarining, jumladan, organning trubalari akustik rezonator
vazifasini bajaradi. Fizikaning akustika sohasiga tegishli ma'lumotlar fonetikada,
ayniqsa nutq tovushlar tizimini o`qitishda muhim ahamiyat kasb etadi.
55
Nutq tovushlariga fizik yoki akustik aspektda qaralsa, ularda, avvalo, ikki xil
belgi ko‘zga tashlanadi: bulardan biri – nutq tovushlarining sifat belgisi, ikkinchisi
esa miqdor belgisidir.
Nutq tovushlarning sifat belgilari quyidagilardir:
1.
Tovushning kuchi yoki intensivligi.
2.
Tovushning balandligi.
3.
Tovush tembri yoki bo‘yoqdorligi.
Tovush to‘lqinining balandligi va kengligi
Dostları ilə paylaş: |