D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


> belgisi - o‘tish hodisasini ko‘rsatadi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/88
tarix18.11.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#132945
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

>
belgisi - o‘tish hodisasini ko‘rsatadi. 
<
belgisi - o‘zgarish hodisasini ko‘rsatadi. 
||
belgisi - tovushlarning almashinishi va ikki faktning parallel qo‘llanishni 
ko‘rsatadi. 
|
va 
~
belgilari taqqoslashni ko‘rsatadi. 
( ) 
qavs - shart bo‘lmagan, tushib qoladigan elementni ko‘rsatadi. 
[ ]
o‘rta qavs - umumiy matndan transkripsiya qilingan so‘zlarni ajratib 
ko‘rsatish uchun ishlatiladi. 


65 
Kursiv
– (harflarni yotiq holda ifodalanishi) - turli darajadagi kuchsizlanish va 
reduksiyani ko‘rsatadi. 
Savollar 
1. Transkripsiya deganda nimani tushunasiz? 
2. Diakritik belgi nima? 
3. Transkripsiya turlari haqida gapirib bering. 
4. Transliteratsiyaga ta’rif bering. 
5. Fonetik transkripsiyaning ahamiyati nimada? 
6. Fonologik transkripsiyaning vazifasi nimadan iborat? 
7. Transkripsiyaning tuzilishi haqida gapirib bering. 
8. Unli tovushlarni ifodalash uchun qanday transkripsion belgilar qabul 
qilingan? 
7. Berilgan transkripsion belgilar orqali shevalarda uchraydigan barcha 
tovushlarni ifodalab bo‘lmasa qanday yo‘l tutiladi? 
8. O‘zbek tilidagi undosh tovushlar transkripsiyada qanday ifodalanadi? 
Tayanch termin va iboralar. 
Transkripsiya; transkripsion belgi; diakritik belgi; transliteratsiya; fonetik 
transkripsiya; 
fonologik 
transkripsiya; 
xalqaro 
fonetik 
alfavit; 
unlilar 
transkripsiyasi; undoshlar transkripsiyasi. 
 
NUTQ APPARATI 
Reja: 
1.Faol (aktiv) nutq organlari. 
2. Nofaol (passiv) nutq organlari. 
 
Fonetika tovushlarning hosil bo‘lishi, talaffuzi, bo‘g‘in va urg‘uning 
xususiyatlari haqida ham ma’lumot beradi. Tilimizdagi barcha so‘zlar nutq 
tovushlaridan tashkil topgan. Nutq tovushlari ma’no ajratish uchun xizmat qiladi. 
Ana shu jihati bilan tabiatdagi boshqa tovushlardan farq qiladi. Nutq tovushlarini 
nutq a’zolarimiz hosil qiladi. 
Nutq tovushlari talaffuz organlarining ma’lum harakati bilan hosil bo‘ladi. 
Nutq tovushlari hosil bo‘lishda ishtirok etuvchi organga nutq organlari deyiladi. Bu 
organlarning yig‘indisi esa nutq apparati sanaladi. 
Nutq apparati o‘zining holati va harakatiga qarab ikkiga bo‘linadi: 
1.Faol nutq organlari: tovush paychalari, kichik til, til, lab va pastki jag‘lar. 
2.Nofaol nutq organlari: ko‘krak qafasi, kekirdak, yuqori jag‘, qattiq tanglay, 
burun, tish. 
Demak, nutq tovushlarini hosil qilish uchun xizmat qiladigan a’zolar shartli 
ravishda nutq apparati deb yuritiladi. Nutq apparati asosan uch qismdan iborat: 1) 


66 
nafas yoli – nutq apparatining quyi qismi; 2) hiqildoq – nutq apparatining o’rta qismi; 
3) tomoq, og’iz va burun bo’shliqlari - nutq apparatining yuqori qismi. 
B i r i n c h i qismi bo‘g‘izdan pastki qism bo‘lib, unga 
ikki o

pka, ikki bponx 
va traxeya
 
kiradi. Ular o‘zidan tovush chiqara olmaydi, balki yuqoridagi nutq 
apparatiga havoni yo‘naltiruvchi vosita sifatida ishtirok etadi. Nutq apparatining quyi 
qismi o’pka, bronxlar (o’pkada tarmoqlanib ketgan nafas yo’llari), diafragmadan 
iborat. Havo o’pkadan bronxlar orqali o’tib, tarmoqdagi nafas yo’lidan nutq 
tovushlarini hosil qiladigan vaziyatda tashqariga chiqib ketadi. O’pkadan chiqqan 
nafasni tovush hosil qilish holatiga keltirishda ko’krak qafasini qorin bo’shlig’idan 
ajratib turadigan parda (diafragma) muskullarining xizmati katta. Bu bosqich tovush 
chiqarish uchun asos sifatida xizmat qiladi. 
I k k i n ch I s i bo`g`iz bo`shlig`i bo`lib, unga asosan 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin