D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


Ko‘rinadiki, hozirgi o‘zbek tili bo‘g‘in turlari o‘zga tillardan qabul qilingan  so‘zlar hisobiga ko‘paygan.  Savollar



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/88
tarix18.11.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#132945
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

 
Ko‘rinadiki, hozirgi o‘zbek tili bo‘g‘in turlari o‘zga tillardan qabul qilingan 
so‘zlar hisobiga ko‘paygan. 
Savollar 
1.
Segment birliklar va uning turlarini aytib bering. 
2.
Segmentatsiya nima? 
3.
Eng kichik sengment birligi qaysi? 
4.
Bo‘g‘in va uning turlarini aytib bering. 
5.
Ustsegment birliklarni aytib bering. 
Tayanch termin va iboralar 
Nutqning fonetik bo’linishi, segment birlik, ustsegment birlik, fraza, sintagma, 
bo’g’in, tovush, ohang, urg’u, so’z urg’usi, logik urg’u, emfatik urg’u, kvantitativ 
urg’u, dinamik urg’u, muzikal urg’u, sifat, kuch, miqdor, ajratuvchi urg’u, tembr, 
temp, intensivlik. 
 
 
PROSODIKA 
 
Reja: 
1.
Aksentuatsiya - urg’ular tizimi. 
2.
Intonatsiya, uning prosodik elementlari. 
 
Nutq jarayonida har qanday jumlani tashqi tomondan shakllantiruvchi, bir 
butun qiluvchi vosita bu intonatsiyadir. Bizga ma’lumki, intonatsiya butunlik sifatida 
melodika, nutq tempi, nutq balandligi, pauza, tembr va urg‘uni o‘z ichiga oladi. 
Intonatsiya tarkibida har bir komponent o‘z o‘rniga va xususiyatiga ega. Bu 
komponentlarning har birini alohida o‘rganish intonatsiyaning mohiyatini 
tushunishga va uning jumla tuzilishidagi maqomini belgilashga yordam beradi. 
A.Abduazizov so‘zning prosodik xususiyatlari haqida fikr yuritib, so‘z 
tarkibida urg‘u boshqa fonologik birliklar kabi quyidagi vazifalarni bajarishini 
ta’kidlaydi: 
1) konstitutiv, ya’ni so‘zning material qismlarini fonemalar birikuvini 
ta’minlovchi, “sementlovchi” vosita vazifasini bajaradi. 
2) distinktiv, ya’ni so‘z va morfemalarning ma’nosini farqlaydi. 


72 
3) delimitativ yoki chegaralash. Urg‘u so‘zlarning, sintagma va frazalarning 
chegarasini belgilab beradi. 
4) rekognitiv, ya’ni urg‘u so‘z yoki morfemalarni urg‘uning o‘rniga qarab 
tanib olish vazifasini bajaradi.. 
Urg‘u intonatsiyaning tarkibiy qismi bo‘lgani holda, o‘zi ham diskret birlik 
bo‘lib, tovush cho‘ziqligi yoki miqdori, urg‘uli bo‘g‘inning ajratilishiga yordam 
beruvchi tovush kuchi, bo‘g‘in tarkibidagi unlining sifati va tonning balandligi kabi 
komponentlarning kombinatsiyasidan tashkil topadi. Shuni ta’kidlash joizki, urg‘u 
tarkibidagi komponentlarning proporsiyasi turlicha bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra 
urg‘u turlari ajratiladi. Agar urg‘u tarkibida uni tashkil etuvchi boshqa 
komponentlarga nisbatan tovush kuchining miqdori ko‘proq bo‘lsa, bunday urg‘u 
ekspirator urg‘u; tovushning miqdoriy belgisi ustun bo‘lsa, kvantitativ urg‘u; tonning 
balandligi ustun bo‘lsa, muzikal urg‘u hisoblanadi
1
. Har bir tilning artikulyatsion-
akustik xususiyatlaridan kelib chiqib turli tillarda urg‘uning turlari ham turlicha 
bo‘lishi mumkin. Shu jihatdan o‘zbek tili urg‘usi qanday urg‘u, degan savol tug‘iladi. 
Bu borada tilshunoslar o‘rtasida bir xillik mavjud emas. Ayrim tilshunoslar 
turkiy tillardagi urg‘u, asosan ekspirator urg‘u ekanligini e’tirof etadilar va bu urg‘u 
ustiga asosiy tonning ko‘tarilishi, ya’ni muzikal urg‘u qo‘shimcha bo‘lishi 
mumkinligini ta’kidlaydilar
2

Urg‘u haqidagi ikkinchi nazariya tarafdorlari esa shu nazariya asoschilari 
G.Rakket va B.Kollinderga ergashgan holda, turkiy tillardagi urg‘u ekspirator emas, 
balki muzikal urg‘u ekanligini ta’kidlaydilar
3

O‘zbek tilining aksentologik xususiyatlari haqida fikr yuritar ekan, 
prof.M.Mirtojiev o‘zbek tili urg‘usi kvantitativ urg‘u ekanligini e’tirof etadi. Uning 
fikricha, o‘zbek tilida leksik urg‘u kvantitativ urg‘u bo‘lib, chetdan o‘zlashtirilgan 
so‘zlarning bo‘g‘inidagi dinamik urg‘uni ham o‘zgartirib, o‘z ta’siriga oladi
4

Turkiy tillardagi urg‘uning tabiati va xususiyatlari haqida N.A.Baskakovning 
fikri ham e’tiborga loyiqdir. Uning fikricha, turkiy tillardagi urg‘uni ikki planda 
o‘rganish lozim: alohida so‘zga nisbatan so‘z tarkibidagi biron bo‘g‘inning kuch 
bilan ajratilishini ko‘rsatuvchi dinamik yoki ekspirator urg‘u hamda mantiqiy planda 
jumla tarkibidagi biron bir bo‘lakning mazmuniy ajratilishini ko‘rsatuvchi mantiqiy 
yoki muzikal urg‘u
5

Ko‘rinadiki, dinamiklik so‘z urg‘usiga nisbatan, muzikallik esa jumla yoki 
logik urg‘uga nisbatan belgilanadi. 
I.A.Kissen o‘zbek talabalarga rus tilini o‘rgatish jarayonidagi kuzatuvlari 
asosida quyidagilarni bayon etadi: “Rus tilining urg‘usi kuch jihatdan o‘zbek 
tilidagiga nisbatan kuchliroq bo‘lib, o‘zbek tilida urg‘uli bo‘g‘inlar ovoz kuchining 
o‘zgarishi bilan xarakterlanmaydi va bu bo‘g‘inlarni alohida kuch bilan talaffuz qilish 
o‘zbeklar uchun xos emas. Shu sababdan rus tilini o‘rganayotgan talabalar 
o‘rganishning dastlabki bosqichida urg‘uli bo‘g‘inni yetarli miqdordagi kuch bilan 
talaffuz qilmaydilar”. 
1
Матусевич М.И. Современный русский язык. Фонетика. –Москва: Просвещение, 1976. –С.224-225.
2
Бу ҳақида қаранг: Баскаков Н.А. Историко-типологическая фонология тюркских языков. –М: Наука, 1988. –С.185-199.
3
Ўша асар, ўша бет.
4
Миртожиев М. Ўзбек тилида лексик урғу // Ўзбек тили ва адабиёти, №3, 2011. -Б.24-31.
5
Баскаков Н.А. Историко-типологическая фонология тюркских языков. –М.: Наука, 1988. –С.186.


73 
Demak, I.A.Kissenning fikricha, o‘zbek tilidagi urg‘u dinamiklik belgisiga ega 
emas. 
Yuqoridagi fikrlardan ma’lum bo‘ladiki, turkiy tillardagi va, xususan, o‘zbek 
tilidagi urg‘uning tabiatini belgilash murakkab va muammoli masalalardan biridir. 
O‘zbek tilida shunday so‘zlar mavjudki, ularning urg‘usini belgilash qiyinchilik 
tug‘diradi. Masalan, bir bo‘g‘indan iborat bo‘lgan 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin