75
ajratadi
1
. M.I.Matusevich esa melodikani, urg‘uning barcha turlarini, pauzani va ovoz
tembrini intonatsiyaning tarkibiy qismlari deb baholaydi
2
.
Shu bilan birgalikda, intonatsion komponentlarning nutq jarayonidagi mavqei
masalasi ham tortishuvlidir. M.I.Matusevichning
fikricha, intonatsiyani tashkil
etuvchi komponentlar ichida melodika eng asosiysi, yetakchisi hisoblanadi. Melodika
mazmun (semantika) va sintaksis bilan zich aloqada bo‘lib, har bir tilda o‘ziga xos
tarzda uning melodik strukturasini tashkil etadi
3
.
L.V.Bondarko ham intonatsiya tarkibida melodika alohida o‘ringa ega
ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, jumlaning intonatsion shakllanishida uni
tashkil etuvchi turli komponentlarning roli turlichadir. Asosiy og‘irlik melodika
zimmasiga, ya’ni asosiy ton chastotasining o‘zgarishiga tushadi. Shu jihatdan
jumlaning fonetik xarakteristikasini
ifodalovchi
intonatsiya
teriminining ton
tushunchasi bilan bog‘liqligi ham bejiz emas
4
.
N.I.Jinkinning ta’kidlashicha, intonatsiya faqat eshitish orqali ta’riflanadigan
bo‘lsa, unda ikki hodisani – ovozning ko‘tarilishi va pasayishini kuzatish mumkin.
Bu ko‘zlanayotgan natijaning qashshoqligidan darak beradi. Aslida intonatsiyaning
ma’no qirralari boy va rang-barangdir. Intonatsiyani uning asosiy dinamik
komponenti (urg‘u) va cho‘ziqligi (pauza) asosida aniqlashning xarakterli tomoni
shundaki, bu tayanch nuqtalarning o‘zgarishi jumla mazmunini o‘zgartirishi yoki
umuman bema’nolikka olib kelishi mumkin. Masalan, agar
Dva dnya yemu kazalis
novы (Ikki kun unga yangi tuyuldi)
jumlasidagi
Ikki kun
ni
unga yangi tuyuldi
komponenti bilan bog‘laydigan bo‘lsak, u holda
yangi kun
ga tegishli bo‘ladi. Aslida
esa she’rda boshqa mazmun kuzatiladi:
Dva dnya // yemu kazalis novы uedinyonnыe
polya / proxlada sumrachnoy dubravы / jurchane tixogo ruchya.
Bundan ko‘rinadiki,
kun yangi emas, balki dalalar, salqinlik va shivirlash yangi edi. Agar ushbu jumlani
tashkil etgan turli komponentlarni, xususan,
ikki kun
ni pauza yordamida ajratib
kun
ni
unga
bilan bog‘lasak, bunday holatda be’manolik yuzaga keladi
Rus intonatsiyasining o‘ziga
xos jihatlarini yoritar ekan, M.I.Matusevich
melodika sub’ektiv, erkin bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidlaydi. Uning
ta’kidlashicha, melodika har bir tilning grammatik strukturasiga mos bo‘lishi lozim;
so‘zlovchida (tinglovchida ham) o‘z tili melodikasining muayyan modellari mavjud
bo‘ladi. Bularni bilmasdan turib so‘zlovchilar bir-birlarini, ayniqsa, bildirilayotgan
jumlalarning nozik qirralarini tushunmasligi mumkin. Melodikaning sub’ektivligi
haqida esa faqat uning cheklangan miqdorda variantlanishi mumkinligini e’tiborga
olgan holatlardagina gapirish mumkin. Masalan, bir matnning turli xil
intonatsion
interpretatsiyasi mavjud. Shunda ham so‘zlovchi tilda mavjud bo‘lgan intonatsion
modellardan ularning semantik-sintaktik strukturasiga mos ravishda foydalanadi.
Buni sintaktik strukturasi bir xil, lekin intonatsiya yordamida farq qiluvchi darak va
so‘roq gaplar misolida ko‘rish mumkin
5
.
1
Бондарко Л.В., Вербицкая Л.А., Гордина М.В. Основы общей фонетики. – Санкт-Петербург: Изд. С.-Петербургского
университета, 1991. –с.118.
2
Матусевич М.И. Современный русский язык. Фонетика. –М.: Просвещение, 1976. –с.242.
3
Матусевич М.И. Современный русский язык. Фонетика. –М.: Просвещение, 1976. –с.242.
4
Бондарко Л.В., Вербицкая Л.А., Гордина М.В. Основы общей фонетики. Санкт-Петербург: Изд. С.-Петербургского
университета, 1991. –с.118.
5
Матусевич М.И. Современный русский язык. Фонетика. –М.: Просвещение, 1976. –с.242.
76
Ye.Brizgunova ham rus tilida intonatsiyaning xususiyatlarini o‘rganar ekan,
uning ma’no farqlash imkoniyatlarini gap leksik-grammatik sostavining
kommunikatsiya jarayonida turli ma’nolarda qo‘llanilishi mumkinligi bilan bog‘laydi
va buni quyidagi holatlarda yuzaga keladigan gaplar misolida izohlashga harakat
qiladi. Siz ekskursiyaga ketyapsiz. Ekskursiya rahbari sizga chiptalarni tarqatyapti:
Vash bilet…Vash bilet…
(
Sizning chiptangiz... Sizning chiptangiz...
)( IK – 1). Siz
chiptani tushirib qo‘ydingiz. Uni olgan kishi sizdan so‘raydi:
Vash bilet?
(IK – 3)
(
Sizning chiptangiz? (Chipta siznikimi?)
). Tekshiruvchi har bir kishining chiptasini
tekshirayotib so‘raydi:
(A) Vash bilet?
(IK – 4). (Bu -chi yuklamasi yordamida
beriladigan savolning qisqartirilgan shakli:
Sizning chiptangiz? (Sizning chiptangiz-
chi?)
)
1
.
Uning fikricha, gaplarning ma’nolari o‘rtasidagi
farq shu gaplarning leksik-
grammatik tuzlishi va ohangi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir natijasida yuzaga chiqadi.
Masalan,
Bugun havo sovuq! Bugun havo sovuq? Qanday ovoz! Qanday ovoz?
kabi
gaplarda o‘zaro ta’sir bir leksik-grammatik sostavga (tuzilishga) turli intonatsion
konstruksiyalarning yuklanishi bilan ifodalanadi. Muallif kommunikatsiya jarayonida
turli ma’nolarda birdan ortiq usulda qo‘llanish imkoniyatiga ega bo‘lgan leksik-
grammatik tuzilishlarni ko‘p ma’noli deb baholab, ularga aloqa-aralashuvda bir
qo‘llanishli leksik-grammatik tuzilishlarni zidlaydi. Bunda ko‘p ma’nolilik gaplarni
so‘roq, xabar, baho kabi turlarga ajratishga sabab bo‘luvchi
farqlovchi belgilarning
mo‘’tadillashuvi natijasida yuzaga chiqadi
2
. Masalan, baho ifodalovchi
Qanday
yoqimli ovoz!
gapidagi farqlovchi belgi
yoqimli
so‘zidir. Gap leksik-grammatik
sostavidan baho ifodalovchi ko‘rsatkichning (
yoqimli
so‘zining) tushirilishi gap
mazmunining o‘zgarishiga olib keladi. Uning mazmuni
kommunikatsiya jarayonida
ohang yordamida konkretlashtiriladi.
E.A.Brizgunova 7 xil intonatsion konstruksiyalarni (IK) va ma’nolari shu IKlar
yordamida konkretlashuvchi gaplarning quyidagi turlarini ajratadi:
1. IK – 1 (darak gap)
Qanday ovoz sihibi
2. IK – 2 (neytral so‘roq)
Qand
Dostları ilə paylaş: