D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/88
tarix18.11.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#132945
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

I Unlilar o‘zgarishi 
Unlilar reduksiyasi 
 
Bir bo‘g‘inli leksemalarda hamda ikki bo‘g‘inli leksemalarning birinchi 
bo‘g‘inidagi sonor undoshlar oldida kelgan tor unli sonor undosh ta’sirida 
reduksiyaga uchraydi. Masalan, 
b(i)lan, b(i)roq, s(i)ra, b(i)r 
kabi. 
Buning sababi shundaki, sonorlar ham, unlilar ham akustik belgisiga ko‘ra 
umumiylikni tashkil etadi. Har ikkisi ham ovozdan iborat. Shuning uchun unlidagi 
ovoz undoshdagi ovoz hisobiga qisqarishi mumkin. Shu bilan birga unli ham, sonor 
ham funksional umumiylikka – bo‘g‘in hosil qilish funksiyasiga ega. Bulardan turkiy 
tillar uchun asosan unlilar bo‘g‘in hosil qiluvchilar sanalsa, roman-german tillarida 
esa sonorlar ham bo‘g‘in hosil qiladi. Bunga sabab sonorlarning akustik xossalaridir. 
Ikki bo‘g‘inli leksemalarning birinchi ochiq bo‘g‘inidagi tor unli sirg‘aluvchi 
undoshlar oldida reduksiyaga uchraydi. Natijada bu leksemaning majburiy varianti 
maydonga keladi. Masalan, 
k(i)shi, p(i)shiq, q(i)zil.
Bir va ikki bo‘g‘inli lesemalarning birinchi bo‘g‘inidagi sonor undoshlardan 
oldin kelgan tor unlilarning reduksiyaga uchrashi shu leksemalarning uslubiy 
variantlarining tug‘ilishiga, ya’ni og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos variant bilan 
badiiy-publitsistik (radio, televidenie, sahna tili) uslubga xos variantning 
farqlanishiga olib keladi. 
Uch bo‘g‘inli so‘z shakllarining leksik morfema qismidagi ikkinchi bo‘g‘inda 
joylashgan tor unli reduksiyaga uchraydi. Natijada shu leksik morfemalarning 
majburiy varianti maydonga keladi. Majburiy variant deyilishining sababi shundaki, 
shu qurshovda bundan boshqa variantning kelishi mumkin emas. Masalan, 
o‘g‘ilim-
o‘g‘lim.
Mazkur leksik morfemaning morfemik qurshovi o‘zgarishi bilan boshqa 
variantiga almashinadi. Masalan, 
o‘g‘ilga. 
Shunday qilib, morfemik qurshov majburiy variantlarning kombinator turining 
hosil bo‘lishiga zamin yaratadi. 
Polisillabik so‘zlarda ikkinchi bo‘g‘indagi tor unlining reduksiyalanishi leksik 
urg‘u bilan uzviy aloqador. Chunki so‘z bo‘g‘inlarining ko‘payishi bilan so‘zning 
urg‘usi oxirgi bo‘g‘inga qarab ko‘chib boradi. Shu bilan birgalikda birinchi bo‘g‘in 
fonetik tuzilishining buzilib ketmasligiga intilish tendensiyasi tufayli, turkiy tillarda 
polisillabik so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida ham ikkinchi darajali urg‘u mavjud 
bo‘ladi.
1
Ko‘rinadiki, polisillabik so‘zlarning ikkinchi bo‘g‘ini ikki urg‘uli bo‘g‘in 
o‘rtasida qoladi. Bu esa ikkinchi bo‘g‘indagi tor unlining kuchsizlanishiga olib 
keladi. 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin