91
moddiylashtirishda ishtirok
etgan tovushlar bir xil, lekin ularning joylashish tartibi
har xil. Tovushlarning ana shunday turlicha joylashish belgisi yuqoridagi lisoniy
birliklar o‘rtasidagi farqlovchi belgi vazifasini bajaradi.
Ayrim hollarda lisoniy birliklarning moddiy tomonini shakllantirgan shunday
tovushlar tartibi muayyan sabablarga ko‘ra
almashinishi, lekin bu almashinish
ma’noga ta’sir etmasligi mumkin. Demak, bunday vaqtda tovushlar tartibi lisoniy
birlikning farqlovchi belgisizlik vazifasini yo‘qotadi. Natijada bir lisoniy birlikning
turli variantlari vujudga keladi. Masalan,
to‘g‘ra-to‘rg‘a, kiprik-kirpik, sirpanchiq-
sipranchiq
kabi.
Ayrim hollarda o‘zak morfemaning ikki xil
shakliy variantiga affiks
morfemaning ikki xil shakliy varianti qo‘shilishidan bir so‘zning ikki shakliy varianti
vujudga keladi. Masalan, yig‘i va sig‘i morfemalarining birinchisiga otdan fe’l
yasovchi morfemaning -la varianti, ikkinchisiga esa -ta varianti qo‘shiladi. Natijada
bir mohiyatning ikki shakliy varianti vujudga keladi:
yig‘la-siqta
. Keyinchalik bu
variantlar ma’no darajalanishi farqlovchi belgisi
asosida bir umumiy arxisema
asosida birlashuvchi ikkita leksema bo‘lib ajralib chiqqan.
Xuddi shuningdek, sur allomorfiga -ga va -da (-la morfemasining variantlari)
allomorflarining qo‘shilishidan surga va surda leksema variantlari vujudga keladi va
ikkinchisida rd tovushlarining o‘rin almashinishidan shu leksemaning sudra varianti
paydo bo‘ladi.
4. So‘z tarkibida soddalashish hodisasining ro‘y berishi o‘zak morfemaning
variantlanishiga olib keladi. Xususan, o‘zak morfemaga qo‘shilgan grammatik ma’no
ifodalovchi morfemalarning funksional almashinishi ham o‘zak morfemaning turli
shakliy variantlari vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Xususan,
nisbat paradigmasiga
birlashgan shakllarining biri o‘rnida ikkinchisining funksional almashinuvi davrlar
o‘tishi bilan ular o‘rtasidagi farqlovchi belgilar yo‘qolishiga, zidlanuvchi a’zolarning
neytrallashuviga va neytrallashgan nisbat shakllarining o‘zak morfema tarkibiga
singib, yaxlit bir morfemaga aylanib ketishiga olib keladi. Masalan, uyalmoq va
uyatmoq leksemalarining asos qismi uyal va uyat bugungi
kun nuqtai nazaridan bir
leksik morfemaning ikki shakliy varianti sanaladi. Har ikki variant hozirgi o‘zbek tili
nuqtai nazaridan boshqa mayda qismlarga bo‘linmaydi. Ya’ni
Dostları ilə paylaş: