–ga, -ka, -qa, -g‘a, -a variantlari mavjud. Ularning
har qaysisining qo‘llaniladigan shart-sharoitlari mavjud. Shuningdek, chiqish
kelishigi akustik variantga:
-dan, -tan . Ammo bunday xususiyat barcha affikslar
uchun xos emas. Xususan, jo‘nalish kelishigidan boshqa kelishik formalari palatal
allomorflarga ega emas. Egalik, ko‘plik affikslari ham old va orqa qator variantlariga
ega emas.
Bir qator yasovchi affikslarda ham palatal variantlilik kuzatilishi mumkin.
Masalan,
kichik, qiliq, tepki, suzgich, elak kabi. Ayrim ikki bo‘g‘inli so‘zlar tarkibida
labial garmoniyaning ham qoldig‘i uchraydi:
ulug‘, buyuk, ulush, kunduz, uchqun, turg‘un, yugur va boshqalar. Biroq singarmonizmning bu ikki ko‘rinishi ham hozirgi
o‘zbek tili uchun qadimgi qonuniyatning izidir.
Bilib oling! O‘zbek tilining ayrim shevalarida, xususan Namangan shevasida
singarmonizmning boshqa ko‘rinishi – affikslarning o‘zak fonetik xususiyatiga
moslashish emas, balki o‘zak unlilarining affiks unlilari xarakteriga moslashishi
kuzatiladi. Bunday moslik
umlaut hisoblanadi. Umlaut uyg‘ur tili va hozirgi o‘zbek
tilining namangan va paxtaobob shevasiga xosdir. Umlautning uch ko‘rinishi –
palatal, labial va lingvial turlari mavjud. Birinchi turda birinchi bo‘g‘inning orqa
qator keng unilisi keyingi bo‘g‘inning tor lablanmagan unlisi ta’siriga berilib, old
qator unliga aylanadi. Masalan, namangan shevasida
toshi-teshi . Ikkinchi turda
birinchi bo‘g‘inning keng lablanmagan unlisi keyingi bo‘g‘inning lablanmagan
unlilari ta’sirida lablashadi. Masalan, paxtaobod shevasida
temir-to‘mir . Uchinchi
turda og‘izning ochilish darajasi o‘zgaradi. Keyingi bo‘g‘inning tor i unlisi ta’sirida
birinchi bo‘g‘inning old qator keng unlisi o‘rta keng unliga aylanadi. Masalan, uyg‘ur
tilida
kesish-kasish .