D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/75
tarix14.12.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#120973
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75
2.10. ozbek tili fonetikasi

i
 u 
e
 o‘ 
a
 - 
«Bo‘sh katak»ning to‘ldirilishi, ya’ni o fonemasining paydo bo‘lishi 
yuqoridagi divergensiya hodisasi natijasida bo‘lib, o‘zbek tili vokalizm sistemasini 
simmetrik holatga olib keldi. Endilikda bu sistemani Ye.D.Polivanov tasnifiga 
asoslangan N.S.Trubetskoy fikricha, ikki sinfli (oldi va orqa qator), uch pog‘onali 
(quyi, o‘rta, yuqori), to‘rtburchakli, mantiqiy jihatdan ekvipolent (ya’ni ikki xil belgi 
birlashgan: lablangan-lablanmagan asosiy farqlanish belgisi va til orqa-til oldi ularga 
yordamchi, farqlamovchi) jahon tillarida juda kam uchrovchi vokalizm sistemasi deb 
qaraladi».
2
Yuqoridagi fikrlar «o» unlisining kelib chiqishi, lablanish darajasi, unlilar 
sistemasidagi o‘rni haqida izoh talab qilmaydigan darajada dalillarga asoslangan 
holda bayon qilingan. 
Demak, o‘zbek tilidagi unlilarning ikkinchi eng muhim farqlovchi belgisi 
lablanish-lablanmaslik belgisidir. 
Unlilarning paradigmatik tavsifi 
Unlilarning nutq jarayonida qanday voqelanishidan qat’iy nazar, sistemada 
o‘zaro zidlanish asosida farqlovchi belgilar majmuasi sifatida tavsiflanishi ularning 
paradigmatik tavsifi sanaladi. 
Har qanday paradigmatik tavsif sintagmatika materiallariga asoslanadi. 
Sintagmatikadagi unlilarning barcha belgilaridan farqlovchi belgilarning ajratib 
olinishi fonemalarni farqlovchi eng kichik birlik sifatida belgilashga imkon beradi. 
Invariantlar tavsifi quyidagicha bo‘ladi: 
1) keng, lablanmagan unli; 
2) keng, lablangan unli; 
3) o‘rta keng, lablanmagan unli; 
4) o‘rta keng, lablangan unli; 
5) tor, lablanmagan unli; 
6) tor, lablangan unli. 
O‘zbek adabiy tilida farqlanish belgisiga ko‘ra unlilar quyidagicha tavsiflanadi: 
1
Абдуазизов А.А.Ўша асар. –23-б.
2
Трубецкой Н.С. Основы фонологии. -М.: Иностр.литература, 1960. 


24 
Og‘izning ochilishiga ko‘ra va lab 
ishtirokiga ko‘ra. 
Lablanmagan 
Lablangan 
Keng 


O‘rta keng 

O‘ 
Tor 


Yuqoridagi unlilar sintagmatik planda bevosita nutq jarayonida turli xil 
qo‘shimcha belgilarga ega bo‘lib, invariantning xilma-xil variantlarini hosil qiladi. 
Sistema-tekst oppozitsiyasiga muvofiq muayyan qurshovda kelgan real talaffuz 
qilinuvchi har qanday artikulyatsion-akustik birlik variant sanaladi. 
Variantlar betakrorlik xususiyatiga ega bo‘lsa ham, ammo ularni ham ma’lum 
belgilariga ko‘ra muayyan guruhlarga birlashtirish mumkin. Masalan, makon 
belgisiga ko‘ra – fakultativ variant, qo‘llanilish darajasiga ko‘ra – uslubiy variant
qurshovga ko‘ra – majburiy variant va boshqalar. 
Hozirgi o‘zbek adabiy tili unli fonemalarining differensial belgilari va ularning 
sintagmatik qurshovda qo‘shimcha belgilar bilan variantlanishini quyidagi chizmada 
ifodalash mumkin. 
Bu chizmada ichki doiradagi belgilar unli fonemalarning asosiy, markaziy, 
relevant belgilari bo‘lsa, tashqi doiradagi belgilar ikkinchi darajali, qo‘shimcha, 
chegara, irrelevant belgilardir. 
Invariantlar A va V, S va D chiziqlaridagi belgilar munosabatidan tashkil 
topgan butunliklar bo‘lsa, variantlar bu belgilardan tashqari tashqi doiradagi 
belgilarni ham o‘zida namoyon qiladi. Bulardan A-V chizig‘i fonemalarning lab 
belgisiga ko‘ra zidlanishini o‘zida namoyon qiladi. Bu jihatdan hozirgi o‘zbek adabiy 
tilidagi unlilar o‘zaro privativ zidlanadi. Ularning bir guruhi lablanish belgisiga ega, 
markerlangan, shuning uchun bu belgiga ko‘ra kuchli a’zolar sanaladi. Shu bois 
a’zolar + ishorasi bilan ifodalandi. 
Ikkinchi guruh esa zidlanishning kuchsiz a’zolari sanalib, bunday belgiga ega 
emas. Markirlanmagan. Shu bois ular  ishorasi bilan ifodalandi. 
S-D chizig‘i og‘izning ochilishi darajasi belgisiga ko‘ra unlilar zidlanishini 
ko‘rsatadi. Bunga ko‘ra, hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi unlilar o‘zaro gradual 
zidlangan. Ularning hammasi bu belgiga ega, lekin turli darajada. 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin