D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/75
tarix14.12.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#120973
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75
2.10. ozbek tili fonetikasi

 
 
Bo‘giz undoshi 
[H] fonemasi jarangsiz sirg‘aluvchi bo‘g‘iz tovushdir. Shevalarda [h] ning 
ishlatish ko‘lami bir xil emas. Shunga ko‘ra y-lovchi shevalar ikki guruhga bo‘linadi:
a) [h] mustaqil fonema sifatida qabul qilingan shevalar: Farg‘ona, Marg‘ilon, 
qo‘qon va boshqa shevalar; 
1
Афзалов Ш. Ўша асар. –Б. 137. 
2
Решетов В., Шоабдураҳмонов Ш. Ўша асар. -173-б.


49 
b) [h] va [x] tovushlari o‘rtasidagi indifferent [x’] ga ega bo‘lgan shevalar: 
Toshkent va unga yondosh y-lovchi shevalar kiradi. Qozoq tilidagi kabi, ayrim
j-lovchi o‘zbek shevalarida ham [h] fonema sifatida uchramaydi. 
Masalan: yl. Hevuz // jl. Hovuz // Tosh. x’evuz 
Tosh. x’uker, x’er’sh, jl. hisep, reyhen. 
Ayrim so‘zlarda [h] tovushi tushib qolishi mumkin. Bu hodisa ikkilamchi 
cho‘ziq unlilarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 
mehnatkash > me:netkesh 
shaharga > she:erge 
maslahat > mesle:et 
[h] assimilyatsiyaga uchrashi mumkin:
mahsi > messi, mahkam > mekkem 
Ba’zi so‘zlarning oxirida [h] tushiriladi 
goh...goh > ge...ge 
gunoh > gune 
guvoh > guve 
[h>y] almashinuvi barcha shevalar uchun xosdir: 
enasi ham > enesiyem 
mehribon > miyriben 
sizlarga ham > s’legeyem (nam.) 
buni ham > mun’yem. 
Savollar 
1. Korrelyativ belgilarni tushuntiring. 
2. Undoshlarning asosiy va qo‘shimcha belgilarini izohlang. 
3. Paydo bo‘lish o‘rni va paydo bo‘lish usuli belgisi?
4. Jarangli-jarangsizlik belgisini tushuntiring. 
5. Qattiqlik-yumshoqlik belgisini tushuntiring. 
6. Cho‘ziqlik-qisqalik belgisi haqida ma’lumot bering. 
8. Nazal va nazal emaslik belgisini tushuntiring. 
9. Cho‘ziq - qisqalik belgisini izohlang. 
Tayanch termin va iboralar 
Asosiy belgilar, qo‘shimcha belgilar, lingvistik zidlvnish, lab, lab-tish, til oldi, 
til o‘rta, til orqa, uvulyar va faringal undoshlar, portlovchilik va sirg‘aluvchilik, 
ekvipolent zidlanish, markerlangan, cho‘ziqlik - qisqalik belgisi, geminatalar, palatal 
va velyar.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin