D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/75
tarix14.12.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#120973
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75
2.10. ozbek tili fonetikasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 


50 
FONOLOGIK ZIDLANISHLAR 
 
Reja: 
1. 
Zidlanish va uning turlari. 
2. 
Zidlanishlar mo‘tadillashuvi 
Dunyoni bilish uning qismlarini (fragmentlarini) o‘rganishdan boshlanadi. 
Muhokamaga berilgan har bir fragment alohida analiz ob’ekti bo‘lishdan tashqari
o‘ziga o‘xshash boshqa ob’ektga taqqoslanadi, qiyoslanadi. Shunda uning haqiqiy 
bahosi aniqlanadi. Qiyoslanayotgan ob’ektlar umumiy belgilarga ega bo‘lishdan 
tashqari, boshqasida mavjud bo‘lmagan, o‘zigagina xos bo‘lgan xususiyatlarga ega 
bo‘ladi. Mana shu o‘ziga xos belgi muayyan birlikni o‘ziga o‘xshash boshqa 
birliklardan farqlash uchun asos bo‘ladi. Farqlanish esa ziddiyatni keltirib chiqaradi. 
Lisoniy birliklar, xususan, fonologik birliklar ham til sistemasida umumiy belgilari 
asosida birlashib, fonologik sistemani hosil qilish barobarida, fonologik sistemaning 
har bir a’zosi farqlanish belgisiga ham ega bo‘ladi va o‘zi mansub sistemaning 
boshqa a’zolari bilan ziddiyatli munosabatga kirishadi. Ushbu munosabatlarni 
yoritishda N.S.Trubetskoyning xizmatlari e’tirof etiladi. 
N.S.Trubetskoy fonologik sathda fonologik birliklarning farqlovchi belgilarini 
ajratgan holda, bir birlikni ikkinchisiga ana shu belgilar asosida zidladi. Buning 
natijasida fonemalarning birlashtiruvchi va farqlovchi belgilari aniqlandi hamda 
farqlanish belgisi fonemalar tasnifigi uchun asosiy mezon sifatida belgilandi. 
Farqlash tushunchasi zidlash tushunchasini taqozo etadi. N.S.Trubetskoyning 
ta’kidlashicha, ikki narsa bir-biriga zidlanganidagina o‘zaro farqli belgisi namoyon 
bo‘ladi. Xuddi shuningdek, tovushlarning belgisi ham boshqa shunga yaqin 
tovushlarning belgisiga zidlangandagina, uning ma’no farqlash (distinktiv) funksiyasi 
namoyon bo‘ladi. 
N.S.Trubetskoy fonologik sistemani leksik va grammatik ma’nolarni farqlash 
uchun xizmat qiladigan fonologik oppozitsiyalar majmuasi sifatida talqin qiladi. U 
fonologiyada asosiy rolni farqlovchi belgilar o‘ynashini ta’kidlaydi. 
Fonologik zidlanishlar tasnifida ularning ma’no farqlash va ma’no farqlamaslik 
belgisi muhim ahamiyatga ega. Bu belgiga ko‘ra fonologik zidlanishlar ma’no 
farqlovchi va ma’no farqlamaydigan zidlanishlarga bo‘linadi. Birinchi zidlanish 
fonologik muhim zidlanish sanalib, u morfema va so‘zlarning moddiy shakllantirish 
bilan birga, ularning ma’nolarini farqlash vazifasini bajaradi 
Tovushlar o‘zlarining fonologik muhim belgilari bilangina o‘zaro zid 
munosabatda bo‘ladi. Demak, har qanday fonema albatta ma’lum zidlanishning 
a’zosi bo‘ladi. Har qanday real talaffuz qilinayotgan tovush esa fonologik muhim 
bo‘lmagan belgilarga ham ega bo‘ladi. Demak, undoshlarda invariant-variant 
munosabatini belgilash uchun ularning fonologik muhim va nomuhim belgilarini 
ajratish katta ahamiyat kasb etadi. 
Shuning uchun ham til birliklarining farqlanishida lingvistik zidlanishlar 
muhim o‘rin egallaydi. Bunday zidlanishlar lingvistik birliklarning tasnifi uchun asos 
bo‘ladi. 


51 
O‘zbek tilidagi undosh fonemalar ham o‘zaro zidlanish uchun asos bo‘luvchi 
uch belgi – artikulyatsiya o‘rni, artikulyatsiya usuli hamda ovoz va shovqin 
ishtirokiga ko‘ra belgilari asosida tasnif qilinadi. 
Artikulyatsiya o‘rniga ko‘ra undoshlar bo‘g‘iz, til va lab undoshlariga 
ajratiladi. Bular, o‘z navbatida, ichki bo‘linishlarga ega. 
Artikulyatsiya usuliga ko‘ra undoshlar sirg‘aluvchi, portlovchi va portlovchi-
sirg‘aluvchilarga (qorishiq) bo‘linadi. 
Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra ham undoshlar uch guruhga bo‘linadi: 
sonorlar, jaranglilar va jarangsizlar. 
O‘zbek tili fonologik sistemasidagi undoshlar uchun yuqoridagi belgilar 
fonologik muhim sanaladi va ularning o‘zaro farqlanishi uchun asos bo‘ladi. 
Masalan, [g] va [k] fonemalarining birinchi va ikkinchi belgisi bir xil. Ya’ni ularning 
ikkisi ham til orqa, portlovchi undoshlardir. Sistemada ularni bir-biridan farqlovchi 
belgi – ovoz va shovqin ishtiroki belgisidir: [g] – jarangli, [k] – jarangsiz. Yoki [d] va 
[j] zilanishida ikkala fonema ham til oldi, ikkalasi ham jarangli bo‘lib, artikulyatsiya 
o‘rni hamda ovoz va shovqinning ishtiroki belgilari ular uchun integrativ belgi 
hisoblanadi. Artikulyatsiya usuliga ko‘ra belgisi esa ushbu fonemalarning 
differensiatsiyasi uchun asos bo‘ladi: [d] – portlovchi, [j] – qorishiq (portlovchi-
sirg‘aluvchi). Shu belgisi asosida til sistemasida ular bir-biridan farqlanadi. 
Ko‘rinadiki, shu uch belgi o‘zbek tilining fonologik sistemasida mavjud undoshlarni 
bir-biridan farqlash uchun asos bo‘ladi. 
Masalan, lab undoshlari oppozitsiyasini ko‘rib chiqaylik: b-p zidligida jarangli-
jarangsizlik belgisi fonologik muhim belgi bo‘lsa, b-m zidligida sonorlik-sonor 
emaslik belgisi, b-f zidligida esa portlovchilik-sirg‘aluvchilik belgilari fonologik 
muhim belgilar hisoblanadi. 
Ko‘rinadiki, o‘zbek tilida undoshlar uch belgiga koʻra zidlanadi. Oppozitsiya 
uchun asos boʻluvchi uch belgi – artikulyatsiya oʻrni, artikultsiya usuli hamda ovoz 
va shovqin ishtiroki. 
Lekin tasnif uchun asos qilib olingan yuqoridagi uch xususiyat nisbiy bo‘lib, 
ayrim undoshlarning farqlanishi uchun yetarli emas. Xususan, [s] va [sh] 
fonemalarining ikkisi ham artikulyatsiya o‘rniga ko‘ra til oldi, artikulyatsiya usuliga 
ko‘ra sirg‘aluvchi, ovoz va shovqin ishtirokiga ko‘ra ikkisi ham jarangsiz. Bunday 
holatlarda zidlanish sistemasini tahlil qilish ehtiyoji tug‘iladi. 
N.S.Trubetskoy zidlanishlarni tasnif qilishda quyidagi uch belgi muhimligini 
ta’kidlaydi: 
1) zidlanuvchi a’zolarning zidalnish sistemasiga munosabatiga ko‘ra; 
2) zidlanuvchi a’zolar o‘rtasidagi munosabatga ko‘ra; 
3) zidlanuvchi a’zolarning ma’no farqlash kuchiga ko‘ra 
O‘zbek tilidagi undosh fonemalarning tasnifi uchun asos qilib olingan 
yuqoridagi uch xususiyat zidlanuvchi a’zolarning o‘zaro munosabatiga ko‘ra 
belgilarni tashkil qiladi. Lekin sistemaga mansub har bir fonemani o‘zi mansub 
qatordagi boshqa fonemadan farqlash uchun, xususan, [s] va [sh] o‘rtasidagi 
faqlanishni yoritib berish uchun bu belgilar yetarli bo‘lmasligi mumkin. Shunday 
hollarda zidlanuvchi a’zolarning zidlanish sistemasiga munosabatini hisobga olish 


52 
zarur bo‘ladi. Bunga ko‘ra, zidlanishlar bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli bo‘lishi 
mumkin. 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin