D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/75
tarix14.12.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#120973
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75
2.10. ozbek tili fonetikasi

Savollar 
1. Fonologik muhim zidlanishlarni izohlang. 
2. Privativ zidlanishni aytib bering. 
3. Ajratilgan zidlanish deganda qanday zidlanishni tushunasiz? 
4. Korrelyativ belgi qaysi zidlanishga asos bo‘ladi? 
5. Ekvipolent zidlanishni tushuntiring. 
6. Gradual zidlanishga misollar keltiring. 
7. Fonologik zidlanishlarning a’zo miqdoriga ko‘ra turlariga misollar keltirib 
izohlab bering. 
Tayanch termin va iboralar. 
Fonologik muhim belgilar, korrelyatia belgi,differensial belgi, farqlash va 
zidlash tushunchasi, distinktiv funksiya, ma’no farqlovchi va ma’no farqlqmaydigan 
oppozitsiyalar, gradual oppozitsiya, privativ oppozitsiya, ekvipolent oppozitsiya, 
ajratilgan oppozitsiya, binar oppozitsiya, tenar oppozitsiya, ko‘p a’zoli oppozitsiya, 
umumiylik va xususiylik. 
AKUSTIKA VA ARTIKULYATSIYA 
Reja: 
1. 
Akustika va fonetika. 
2. 
Akustik hodisalar va tushunchalar. 
3. 
Tovushlar artikulyatsiyasi. 
Fizikaning akustika bo`limi tilshunoslikning fonetika bo`limi bilan 
chambarchas aloqadadir. Tovushning eshitilishi haqida biror tushuncha hosil qilish 
uchun , bir oz bo‘lsa-da, akustikadan xabardor bo‘lish kerak. 


54 
Akustika fani fizikaning tarkibiy qismi bo`lib, tovushning eshitish 
xususiyatlarini o`rganadi. Ultra va infrabinafsha tovushlar kashf etilgunga qadar har 
qanday tovushni qabul qilish vositasi insonning eshitish organi quloq deb 
hisoblangan, shuning uchun fizikaning tovushlarni o`rganluvchi sohasi akustika 
(yunoncha eshitish so`zidan olingan) deb yuritilgan. Tovush to`lqinlarining vujudga 
kelishi va tarqalishi bilan bog`liq hodisalarni akustik hodisalar deb yuritiladi. 
Tovushlarning tarqalish tezligi eksperimental (tajribaviy) metod asosida o`rganlish 
yo`lga qo`yilishi bilan akustika sohasi taraqqiyotida katta o`zgarish sodir bo`ldi. XVII 
asrga kelib fizik olimlar havoda tovush to`lqinlarining tezligini o`lchash bilan 
aloqador dastlabki tajribalarni o`tkazdilar (masalan: to`pdan o`q otilganda yorug`lik 
chaqnagan payt bilan o`sha tovush yetib kelgan payt orasidagi vaqtni aniqlashga 
harakat qilingan). 
Hozirgi paytda tovushning havodagi tezligi normal sharoitda 331 m/sekundga 
tengligi asboblar yordamida aniqlangan. Shuningdek, olimlar suvda tovush tezligi 
1500 m/s, po`latda esa 6000 m/s ekanligini o`lchov asboblari yordamida ma'lum 
bo`lgan. 
Asosiy akustik tushunchalar qatoriga tovushning balandligi, tovush bosimi, 
tovush kuchi, tovush tembri, akustik rezonans kabilar kiradi. Inson o`zining 
eshitishiga qarab har qanday tovushning balandlik darajasini aniqlaydi. Odam 
quloqidagi pardaga tovush toʻlqinining ta'sir kuchi tovush bosimi deb yuritiladi. Gaz 
yoki suyuklikdan tovush toʻlqini o`tganda vujudga keladigan qo`shimcha bosim 
tovush bosimi sanaladi. Odam qulogʻining tovushni sezish bilan bog`liq eng past 
chegara 10-6 PA tovush bosimiga mos keladi, ya'ni normal atmosfera bosimining 10-
10 qismini tashkil etadi. Agar tovush bosimi yuqori chegaraga yetsa (quloqda og`riq 
paydo bo`ladi), taxminan 100 PAga teng keladi. 
Tovush tebranishlari garmonik tovush bo`yilcha yuz beradi, buni odam qulogʻi 
musiqaviy ton sifatida qabul qiladi. Shuni inobatga olish lozimki, yuqori chastotali 
tebranishlar yuksak tondagi tebranishlar sifatida, past chastotali tebranishlar esa past 
tondagi tovushlar sifatida quloqqa yetib boradi. Yuqori va past tebranishdagi tovush 
tebranishlari oralig`idagi masofa oktava deb yuritiladi. Masalan, birinchi oktavaning 
"lya" toni 440 gers chastotaga ega bo`lsa, ikkinchi oktavaning "lya" toni 880 gersli 
chastotaga mos keladi. 
Garmonik qonunga bo`ysunmaydigan tovush tebranishlari ham bor. Ularni 
inson tembrga ega bo`lgan murakkab tovush sifatida qabul qiladi. Shuning uchun 
ham tonning balandligi bir xil bo`lsa ham, g`ijjak va pianino asboblaridan chiqadigan 
tovushlar tembriga ko`ra farq qiladi. Odam quloqi eshitishi mumkin bo`lgan tovush 
tebranishlarning chastotasi 20 dan 20000 gersgacha bo`lgan oraliqda ekanligi 
aniqlangan. 20 gersdan kam chastotali tebranishlar infraqizil tovushlarni, 20 mingdan 
ko`p chastotali tebranishlar esa ultrabinafsha tovushlarni hosil qiladi. 
Agar jismning xususiy erkin tebranishlari chastotasi tovush to`lqinining 
chastotasi bilan kelsa akustik rezonans hodisasi yuzaga keladi. Masalan, puflab 
chalinadigan cholgʻu asboblarining, jumladan, organning trubalari akustik rezonator 
vazifasini bajaradi. Fizikaning akustika sohasiga tegishli ma'lumotlar fonetikada, 
ayniqsa nutq tovushlar tizimini o`qitishda muhim ahamiyat kasb etadi. 


55 
Nutq tovushlariga fizik yoki akustik aspektda qaralsa, ularda, avvalo, ikki xil 
belgi ko‘zga tashlanadi: bulardan biri – nutq tovushlarining sifat belgisi, ikkinchisi 
esa miqdor belgisidir. 
Nutq tovushlarning sifat belgilari quyidagilardir: 
1. 
Tovushning kuchi yoki intensivligi. 
2. 
Tovushning balandligi. 
3. 
Tovush tembri yoki bo‘yoqdorligi. 
Tovush to‘lqinining balandligi va kengligi tovush kuchi deyiladi. Boshqacha 
aytganda, to‘lqinning paydo bo‘lgan o‘rni bilan uning pastga tushgan o‘rni o‘rtasidagi 
kenglik tovush kuchini ko‘rsatuvchi faktordir. Akustikada tovush to‘lqinining 
balandlik va kenglik ko‘lami amplituda (grekcha acustikos, eshitilish demakdir) 
deyiladi. Odatda amplitudaning ko‘lami qancha katta, keng va baland bo‘lsa, tovush 
kuchi shunchalik ko‘p bo‘ladi. Tovush kuchi nutqda nutq protsessining holati va 
urg‘u bilan bog‘liq bo‘ladi. Odatda, so‘zda urg‘u tushgan tovushlar kuchli
urg‘usizlar esa kuchsiz tovushlar hisoblanadi. 
Shu bilan birga, har bir tovushning kuchini belgilashda uning nutq jarayonida 
aytilish holati ahamiyatlidir. Lekin teng kuchga ega bo‘lgan tovushlarda ham shovqin 
har xil bo‘lishi mumkin. Bu tovushning balandligiga bog‘liq. Tovushning balandligi 
qancha yuqori bo‘lsa, uning shovqini shunchalik baland bo‘ladi. Lekin tovushning 
asosiy xususiyatini (intensivligini) uning kuchi belgilaydi. Og‘iz bo‘shlig‘ining 
maksimal shovqin chiqarish imkoniyatiga ko‘ra i tovushi eng kuchli tovush 
hisoblanadi. A tovushi esa bu jihatdan eng kuchsiz tovushdir. Chunki og‘iz bo‘shlig‘i 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin